Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 22 » Севмай турмуш хаққи ўлим!
09:28
Севмай турмуш хаққи ўлим!
Assalomu alekum, Sayyodning tinib-tinchimas ijodkorlari va Sardor aka, man bu xatni yozishimdan maqsad, hozirgi kundagi farzand va ota-onalarning munosabati haqida aytib o'tmoqchiman. Mana shu voqeani saytizga qo'ysez toki, boshqa ota-onalar ham buni o'qib saboq olishsin.

                   Bundam ikki yil oldin,  oppoq libosada ming bir shirin hayollar bilan o'zga uy ostonasiga qadam qo'ygan kelinchak, bunday qabixliklarga duch kelishini bilganmikin.......
                   Nargiza o'zi judayam aqlli, farosatli, chiroyli qiz edi, biz bir kursda o'qirdik, judayam qalin o'rtoq edik uni go'zalligiga, uzun sochlariga o'tgan-ketgan yigit oshiq bo'lib qolardi, hattoki bu xolatga qizlarning xasadi ham kelardi,  oliy o'quv yurtining 3-bosqichiga o'tganimizda u Angliyaga  1 yil stajirovka o'tash uchun grand yutib ketdi, qaytib kelgandan keyin u bilan uchrashdik, hech ham o'zgarmagan, o'sha-o'sha chiroyli, sochlari uzun va samimiy edi. 

O'sha kundan keyin negadir u yo'qolib qoldi, men uni topolmadim, telefoni o'chirilgan, uyiga borsam onasi uyda yo'qligini buvisinikiga To'ytepaga ketganini aytdi, men ha mayli deb uyimga qaytdim, 1,5 oydan keyin kechasi soat 10 larga yaqin telefonim jiringladi, olsam Nargiza, u bilan salom-alik qilib bo'lgach , nega buncha kech qo'ng'iroq qilayotganini so'radim va u menga ertaga to'yi bo'layotganini, ota-onasi uni majburlab uzatishayotganini, va Angliyada o'qib yurganida bir yigit bilan tanishib axtu paymon qilishaganini aytib berdi, lekin ota-onasi u haqida eshitishni ham xohlamay, uni xonasiga qamab, telefonini olib qo'yishganini, yig'lab aytib berdi. Xullas, u turmushga chiqdi, boshida u bilan telefon orqali gaplashib turdik, u hayoti yaxshiligini u yigitni unutishga harakat qilayotganini aytib berar, baxtidan xursand edi, lekin........
                

                 Bir kuni uning onasi  qo'ng'iroq qilib, meni dugonam chaqirayotganini aytdilar, men hop deb, shu zaxoti yo'lga tushdim, dugonamni ko'raman, bir dardlasharkanmizda deb ich-ichimdan xursand edim, axir uni ko'rmaganimgayam 4 oy bo'lgan edi, uyiga yetib borganimda, eshikni onasi ochdi, va o'z xonasida meni kutayotganini aytdi, xonasiga kirganimda u karovatida jonsiz bir qo'g'irchoqdek yotardi, men bu xolatdan qo'rqib ketdim va uning oldiga borsam yuziga qarab bo'lmas edi, yuzining biror sog' joyi yo'q, ko'karib ishib ketgan, hattoki og'zini qimillatishga xoli yo'q edi, keyin onasini chaqirdim va unga nima bo'lganini so'raganimda, onasi yig'lab bo'lgan voqeani gapirib berdilar: erining uylanishdan oldin 2 yil birga yurgan qizi bor ekan, lekin ota-onasi г qiz oilamizga to'g'ri kelmaydi, ma'lumoti yo'q, kambag'al, erdan chiqqan deb rozi bo'lishmabdi va otasining  Toshkentda 1 badavlat do'sti borligi uning oliy ma'lumotli, chet elda o'qib kelgan qizi borligini aytgan va rasmini ko'rsatib uchrashuvga chiqishi kerakligini aytgan, xullas, ular uchrashishadi, yigit uchrashuvdan kelib sevgan qizi bilan reja tuzadi, reja bo'yicha bola г qizga uylanib bir oz fursatdan keyin, undan har xil kamchiliklar topib, u bilan ajrashib so'ng o'z sevganiga erishish rejasi edi. Xullas, to'ydan 1 oy o'tib yigit rejani amalga oshirish maqsadida, dugonamni o'g'rilikda va xiyonatda ayblab uni shu bugunoq uyni bo'shatib qo'yishini aytadi, dugonam esa, bu tuxmatdan xangu-mang bo'lib qolib, eridan yalinib-yolvorib bu uydan xaydamasligini iltimos qilib so'raydi eri bunga ko'nmaydi, va ishdan qaytgunicha uni qorasini ham ko'rmasligini aytib chiqib ketadi. Bechora dugonam nima qilarini bilmay, uyida xizmatini qilib yuraveradi, kech tushganda eri kelib xotini ko'rib jaxli chiqib, nega ketmaganini so'raydi, qiz esa aybi yo'qligini, aytib yig'laydi, lekin bag'ritosh erning bu ko'zyoshlarga raxmi kelish o'rniga, g'azabi qaynab, uni do'pposlay ketadi, bu xolatdan qaynona va qaynota hayron bo'lib yugurib kelib nima gapligini so'rasa, o'g'li xotini o'g'ri va xiyonatchi ekanligin aytadi, buni eshitib ota-ona, qizni uyiga haydavorishni aytadi va o'g'li uni do'pposlab ko'chaga olib chiqarib tashlaydi, uni o'lgudek savalab,  uni uyiga Toshkentga, sevgan qizi orqali jo'natib yuboradi.
                   Bularni eshitib shok bo'lib qoldim, va  kasalxonaga olib borish kerakligini aytdim, lekin onasi, foydasi yo'qligini, shifokorlar uning qovurg'alari sinib mayda-mayda bo'lib ketganini, jigari zarbdan ezilganini, va uning qornidagi uch oylik xomilasi tushib qolganini aytib umid yo'q deya uni uyiga jo'natib yuborishibdi, uyimga qaytib kelib yum-yum yig'lab, hech o'zimga kelolmadim, kechasi uxlolmay, ertalabgacha o'tirib chiqdim va ertalab kechasi dugonam vafot etganini eshitdim.

                 Ayting bu qanday qaboxat, odam ham shunchalar vaxshiy bo'ladimi, г bechorani nima gunoxi bor edi, o'n gulidan bir guli ochilmagan g'uncha edi, bu aytib berganlarim, hammasi haqiqat, bo'lgan voqea, keyin eshitsam erini 20 yilga ozodlikdan maxrum etishibdi, men bo'lganimda uni bu qilgan ishi uchun umrbod qamoq jazosini berardim.Albatta jazo berish allohdan, allohim o'zi uni munosib jazolaydi.

 
miss Dilya

Sayyod:

Бу мавзу хеч туганмас ва доим бахс мунозарага сабабчи. Лекин бир ёқлама қараш керак эмас, хамиша индивидуал вазият ва холатга айниқса воқеага боғлиқ.

Ота она албатта хамиша фарзанд учун яхши йўлни танлайди ва ўз холича суриштирган, оиласига маъқул тараф билан қуда бўлишни истайди. Лекин агар икки ёшни бир-бирига кўнгли бўлмай кейин мехр пайдо бўлиш бошқа, ва хар иккисини кўнгли БОШҚАСИДА бўлгани бошқа!

Мана шуниси фожеа!

Оқибати хам фожеали тугаши жуда жуда хақиқатга яқин.

Хар қанча қиз ёки йигит хушсурат бўлмасин, хар қанча аъло хулқ эгаси бўлмасин бир бирини кўзига энг ёмон ва энг жирканч кўринаверади. Чунки қалбида ўзгага мухаббат бўлган инсонда зўрлаб уйланилган ёки турмуш қурилган иккинчи ярми гўё уни барча бахтсизлигига сабабчидек кўринаверади.

Ундан тезроқ қутулиш деган фикр тураверади.

Бу оддий элементар нарсаку.

Ман болани ёнини олмоқчи эмасман, қиз болани уриш нотўғри, лекин сабабсиз гунох хам бўлмас деган бир тушунчам бор. У гунохнинг хам ўз хақиқатлари бўлади.

Шунинг учун оила деган нарсани қуришни бошлашда ота она энг нозик чегарани ўйлаб, аввало фарзандлари қалби бўшми ё бандми хисоблашишлари шарт! Чунки фарзанд бўлгани билан у хам келажакда ота ва она бўладиган инсон! Аввало ота она каби у хам ИНСОН!

Уни хам севиб севилишга ва хаётда ўз танловини амалга оширишга хақли!

Чунки оиласи учун келажакда ота онаси эмас у жавобгар бўлади!

Бу нарсаларни ота-оналар балки ўқимас, лекин бўлажак ота оналар учун сабоқ эмас тушунчадек сингишини истардим. Ота онамиз бизни бахтимизни ўйлагани билан унга хоким бўла олмайди, унга жавобгар хам бўлмайди, уни мазасию ва захрини хам улар кейин йиллар мобайнида татимайди.

Шахсий фикрим.

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Просмотров: 586 | Добавил: Bepul_net | Теги: fikr bilidring, tortishing, baxs, bax, fikr-mulohaza, izoh bering, erkin fikr, fikr, nima deysiz?, tortishuv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта254 Ушли с сайта94 репутация сайта0.0
2 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта170 Ушли с сайта139 репутация сайта0.0
3 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта194 Ушли с сайта74 репутация сайта0.0
4 VOYDOD.NET
Пришли на сайта212 Ушли с сайта124 репутация сайта0.0
5 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта229 Ушли с сайта161 репутация сайта0.0
6 WWW.VOY.UZ
Пришли на сайта225 Ушли с сайта97 репутация сайта0.0
7 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта158 Ушли с сайта103 репутация сайта0.0
8 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта271 Ушли с сайта107 репутация сайта0.0
9 WWW.BEPUL.NET
Пришли на сайта204 Ушли с сайта104 репутация сайта0.0
10 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта142 Ушли с сайта132 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz