Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Oiladagi krizis
17:55
Oiladagi krizis
Har bir oilada krizis bo'ladi. Qizig'i shundaki, krizis davri deyarli hammada bir vaqtga to'g'ri keladi. Undan tashqari krizis sabablari ham hammada bir xil ekan.
Krizis alomatlari:
- Er va xotin orasida janjallar soni ko'payib ketishi yoki umuman yo'q bo'lib qolishi;
- Muammo hal qilinayotganda er va xotin bir birini tushunishga harakat qilmasligi;
- Er va xotin orasida konflikt bo'lsa doim bir-birida aybini qidirishi;
- Jinsiy aloqaga er yoki xotinning salbiy qarashi va qarshilik qilishi;
- Erkakni o'ziga kirib ketishi;
- Er va xotin bir-biri bilan gaplashmay yurishi yoki faqat muammolar haqida gaplashishi;
- Xotin o'zi haqida o'ylamasdan, faqat ish bilan band bo'lib yurishi;
- Muammolar yechishda er va xotin bir-biri bilan maslahatlashmasligi.
Odatda oilalar krizisga ma'lum davrda uchraydi. Bu degani har bir oila bu davrda muammoga duch keladi degani emas, lekin oilangizda tushunmovchilik, muammolar ko'payishini sezsangiz, oilaviy hayotingiz davriga ahamiyat bering; balki krizis davriga duch kelgandirsiz:
1. Birinchi krizis davr
Oilaviy hayotning birinchi yilida bo'ladi. Buning sababi yangi er va xotin bir-biri bilan oilaviy hayotga tezda o'rgana olmasligidir. Bir-birining fe'li, qarashlari, uy-ro'zg'ordagi yondashish turlicha bo'lgani boshida tushunmovchilik keltirib chiqaradi. Masalan, er vaqtli uyg'onadi, xotin esa uyquni yaxshi ko'radi, yoki erkak kiyimlarini yoyib yuradi, ayol esa tozalikni xush ko'radi va hokazo.
Bu krizis davri birinchi bo'lgani uchun uni yengish qiyinroq. Lekin muhabbatingizni o'ylab, o'zingizni emas, balki turmush o'rtog'ingizni tushunishga harakat qilsangiz qiynalmaysiz.
2. Ikkinchi krizis davr
Birinchi farzand krizisi. Odatda ayolning xomiladorligi, keyin oilada farzand tug'ilishi er va xotin munosabatlarida keskin o'zgarishlarni keltiradi.
Bu davrdan yengilroq o'tish uchun farzandingizni o'ylab, uy yumushlarini er va xotin orasida bo'lib olib, jinsiy munosabatlaringiz haqida unutmang.
3. Uchinchi krizis davr
Oilaviy hayotning 5-yiliga to'g'ri keladi. Bu krizisga asosan ayol kishi sababchi bo'ladi. Chunki odatda besh yilda ayol o'z ijtimoiy holatini qayta tiklaydi. Ya'ni ishga qaytadi, xomiladorlikdan so'ng uydan tashqariga chiqadi, pul topa boshlaydi. 
Bunda ayollar ham ishga, ham oilaviy ishlarga, bola tarbiyasiga vaqti yetmay asabiylashgan bo'ladi. Uy ishlarini eri bilan bo'lishishga harakat qiladi. Yana tushunmovchiliklar yuzaga keladi.
Erkak kishi bu davrda ayolini tushuna olishi, unga ishlash uchun sharoit yaratib berishi oila uchun foydali bo'ladi.
4. To'rtinchi krizis davri
Oilaviy hayotning 7-yiliga to'g'ri keladi. Odatda shu davrga kelib oilada barcha maqsadlarga erishilgan bo'ladi. Farzand katta bo'lib qolgan, uy-joy bor, er va xotin ishi yaxshi yo'lga qo'yilgan, oiladagi intim hayot ham o'z o'rnida bo'ladi. Lekin aynan shu davrda zerikish paydo bo'ladi. Er va xotin bunday hayotdan zerikib qiziqroq, mazmunliroq hayotni qumsab, asabiylashib bir-birida ayb qidirishni boshlaydi.
Oilaviy hayotingizga ahamiyat berib turing. Sayohat qiling, romantik kechalar uyushtiring, har kuningiz bo'lmasada dam olish kunlari har xil va qiziqarli o'tishini ta'minlang.
5. Beshinchi krizis davri
Oilaviy hayotning 14-yiliga tog'ri keladi. Bu davrdagi er va xotin orasidagi tushunmovchiliklar asosan odam organizmidagi gormonal o'zgarishlar bilan bog'liq. Qirq yoshdan oshgan erkak va ayol yoshi ulg'ayganidan ranjib, ichki stress paydo bo'ladi. Hamma narsa yoqmaydi, yoshlik davri o'tib ketgani ularni ichidan siqib, tashqi muhitda o'z ta'sirini ko'rsatishiga, ya'ni oilada tushunmovchiliklar paydo bo'lishiga olib keladi.
Bu krizis organizmdagi stress bilan bog'liq bo'lgani uchun, sizdan sabr va turmush o'rtog'ingiz kechinmalariga hurmat talab etiladi.
Afsuski oilaviy krizisdan qochib qutulishning iloji yo'q, lekin krizis davridan yengil o'tish uchun va undan keyin munosabatlar iliq bo'lib muhabbat yo'qolmasligi uchun er va xotin birgalikda harakat qilishlari va bir-birini tushunishlari lozim.

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 808 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 Мультимедиа
Пришли на сайта165 Ушли с сайта66 репутация сайта0.0
2 Diana Gafarova Rasmi...
Пришли на сайта191 Ушли с сайта156 репутация сайта0.0
3 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта254 Ушли с сайта94 репутация сайта0.0
4 WWW.VOY.UZ
Пришли на сайта225 Ушли с сайта97 репутация сайта0.0
5 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта158 Ушли с сайта103 репутация сайта0.0
6 WWW.VOYDOD.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта106 репутация сайта0.0
7 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта229 Ушли с сайта161 репутация сайта0.0
8 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта154 Ушли с сайта99 репутация сайта0.0
9 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта271 Ушли с сайта107 репутация сайта0.0
10 WWW.BEPUL.NET
Пришли на сайта204 Ушли с сайта104 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz