Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Erkak xiyonati
17:33
Erkak xiyonati
Xiyonat qanchalik yomon narsa ekanligi hammaga ma'lum bo'lsa kerak, xiyonat qilgan erkak aslida kim ekanligi haqida bilib olish ham yomon bo'lmaydi.
Qadimdan hayvonot olami individlari o'z podasidan boshqa podadagi urg'ochini urug'lantirishi tabiatan zaruriy holat bo'lgan. Aks holda shu individlarga mansub hayvonlar  yo'q bo'lib ketishi mumkin.  Boshqa podaga mansub urg'ochini urug'lantirishda hayvonlar o'zlarining jinsiy instinktlariga rioya qiladilar. Aynan shu instinkt odamlarga, xususan erkaklarga ham mansubdir. Erkakda tabiatan o'z oilasidan boshqa ayolni ham urug'lantirishga moyilligi mavjud bo'ladi. Lekin...
Insoniyat hayvonot olamidan ongi borligi bilan ajralib turishi bejiz emas. Aynan ongimiz tufayli biz ba'zi xatolardan xolimiz. Misol uchun, insoniyatda hayvonlardagi singari himoya instinkti ham bor. Agar arslonning oilasiga biron hayvon hujm qilmoqchi bo'lsa, oila boshi uni g'ajib tashlaydi. Insonlarda bu darajaga bormaydi. Bizga biron inson qanchalik yoqmasligidan qat'iy nazar, himoya instinktlarimiz qanchalik kuchli bo'lmasin uni g'ajimaymiz, unga hujm qilmaymiz, juda zarar keltiradigan bo'lsa, huquq organlariga murojat qilamiz.
Yoki yana bir misol, bizda tirik qolish instinkti mavjud. Unga muvofiq biz qornimiz ochganda ovqatlanamiz, ovqat topish uchun harakatda bo'lamiz. Hayvonlarda ham bu instinkt rivojlangan bo'lib, ularga keraklicha yegulik topishga yordam beradi. Biron arslonning qorni ochsa, o'zidan zaif hayvonni yeb qo'yadi. Inson esa qanchalik qorni och bo'lmasin duch kelgan joydan yegulik olib ketmaydi. Ovqat topishga ongini ishlatib harakat qiladi.
Insoniyat aynan shu bilan hayvonlardan farq qiladi. U muammoni ongli ravishda hal qilish yo'llarini izlaydi, kerak bo'lganda sabr qilishni biladi.
Negadir xiyonat qilayotgan erkakda ana shu ong yo'qdek.
Uy iti jinsiy aloqaga ehtiyoji bo'lganda juda quturgandek tuyuladi. Agar ehtiyojini qondirmasa, u qattiq g'azablanadi va egalariga ziyon keltirishi ham mumkin. Ehtiyoji qonishi shart, unga shu payt chidab turishni ham yoki urg'ochi topish qiyin ekanligini ham tushuntira olmaysiz - u hayvon. Lekin erkak - insondir. U tabiatdan berilgan instinktlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar sabr qilishni, ongli ravishda harakat qilishni va o'z harakatlariga ma'suliyatl bo'lishni bilishi kerak.
Aks holda, insonning hayvondan farqi nimada bo'ladi?
Aslida xiyonat qilayotgan erkak juda bo'sh va kuchsizdir.
Bir tomondan, u o'z oilasidan voz kecha olmay xiyonat qilib hammani aldab yuradi. Agar u kuchli, haqiqiy erkak bo'lganda, u oilasidan butunlay ketib, boshqa turmush qurib yashab ketar edi. Lekin bu juda qiyin. Bunga katta kuch va iroda kerak, qolaversa o'sha boshqa ayolga nisbatan haqiqiy tuyg'u va ishonch bo'lishi kerak. Kim issiqina uyi, uyda doim kutib o'tiradigan vafoli va hech qachon eriga xiyonat qilmaydigan xotini, shirindan-shakar bolalaridan voz kecha oladi? Axir yillar davomida qurilgan turmushni bir necha oy davom etayotgan ehtirosga almashtirsa bo'ladimi?...Yo'q, erkak bundan qo'rqadi. Shunga o'zi uchun oson qo'rqoqlar yo'lini tanlaydi, oilasini ushlab turgan holida unga xiyonat qilishda davom etadi.   
Ikkinchi tomondan, xiyonatiga sababchi bo'lgan boshqa ayolni ham aldab yuradi. Oilasidan voz kechib umrbod u bilan birga bo'lishni va'da qiladi yoki umuman va'dasiz shunchaki birga bo'lib yuradi, xolos. U ayolni sevmaydi, unga biron bog'liqlik joyi ham yo'q, shunchaki o'z instinktlarini qondirish niyatida yoki o'ziga kuchli ekanligini isbotlash niyatida unga borib turadi. Lekin kuchli, haqiqiy, har tomonlama ERKAK uchun o'ziga yoki do'stlariga hech narsani isbotlash kerak emas.
Nihoyat xiyonatchi erkaklar o'zlarini aldaydilar. Qilayotgan xiyonati uchun o'ziga oqlash izlaydilar. Xotini birdan juda semirib ketgandek tuyuladi, muomilasi yoqmay qoladi yoki uydagi sharoit go'yo yomonlashgandek ko'rinadi va hokazolar. U esa shu holatlarni tuzatish o'rniga qochadi.
Xiyonatkorlik doim bo'shlik alomati bo'lgan. Hatto do'stlar orasida, ishchilar orasida sotqinlik yuz berganda ruhan eng bo'sh va zaif inson sotqin bo'lib chiqadi. Kuchli, ongi baland va haqiqiy inson hech qachon xiyonat qilmaydi.
Shuni aytib o'tish joizki, ongi baland inson bu aqlli inson degani emas. Ba'zida o'ta aqlli insonlar ongsiz ishlar qilib qo'yadilar.
Haqiqiy erkakka biron narsa yoqmasa, uni qondirmasa, shuni tuzatishga harakat qiladi, ruhan katta kuch ketqazadi, agar shunda ham tuzatilmaydigan holat bo'lsa, u ketadi, butunlay, qaytmaydigan bo'lib ketadi. Xiyonat esa qo'rqoqlarning qismati.
Afsus, erkak xiyonat qilayotganda hayvonlnarga mansub oddiy bir instinkt qurboni ekanligini anglamaydi. Agar o'sha payt ular inson ekanliklarini va jismoniy ehtiyoj va lazzatdan ko'ra hayotda qadrliroq narsalar borligini, turmushdagi salbiy tomonlarni tuzatish oila boshi erkakning qo'lida ekanligini anglay olishganida turmushda xiyonat so'zining ma'nosi qolmas edi.

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 1061 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.BEPUL.NET
Пришли на сайта207 Ушли с сайта106 репутация сайта0.0
2 Мультимедиа
Пришли на сайта166 Ушли с сайта68 репутация сайта0.0
3 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта232 Ушли с сайта164 репутация сайта0.0
4 WWW.VOYDOD.NET
Пришли на сайта192 Ушли с сайта111 репутация сайта0.0
5 WWW.HAYOL.UZ
Пришли на сайта277 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
6 Diana Gafarova Rasmi...
Пришли на сайта194 Ушли с сайта157 репутация сайта0.0
7 Shahzoda
Пришли на сайта175 Ушли с сайта47 репутация сайта0.0
8 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта77 репутация сайта0.0
9 SAYYOD.COM
Пришли на сайта195 Ушли с сайта258 репутация сайта0.0
10 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта168 Ушли с сайта109 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz