Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Armonga aylangan orzu
14:24
Armonga aylangan orzu
«Hammasiga oʻzim aybdorman,»deb oʻyladi Oʻroq ovchi. «Unisi boʻlmasa, boshqasi bor edi-ku?! Nega unga uchdim. Qaddi-qomatigami, husn jamoligami yoki boshqa joyigami... Qiz zotiga qirgʻin kelmagandi-ku! Nega endi Nuqraga duch keldim...»
Qizi tushmagur ham noz qilib oʻtirmadi, birdaniga rozi boʻla qoldi. Ammasining oʻgʻliga bir paytlari beshikkerti qilinganligi ancha keyin aniqrogʻi, toʻydan soʻng ma’lum boʻldi.

Oʻroqning boshini ham boʻldi. Xotiniga hech narsa demadi. Taqdiriga tan berishdan boshqa chorasi yoʻq edi. Beshikkerti qilingan yigit hamiyatiga tegmagan boʻlsa-da, lekin Oʻroqning oriyati qoʻzidi. Ma’lum boʻlishicha, Nuqraxon ham bir paytlari yigitga roʻmolcha berib, uni oʻz suhbatidan bahramand qilgan ekan.

Oʻroqning dardi ichida. Hech kimga ayta olmadi-yu lekin oʻrtanchi oʻgʻlidan shubha qila boshladi. Aslida bu shubha uning gumonalik lahzalaridanoq paydo boʻlgandi. Bola yengil edi. Solishtirib qaralsa, uning hech bir joyi otasiga oʻxshamasdi. Tugʻishganlarining orasida ham ajralib turardi.

«Kimga tortdiykin,» deb oʻylaydi otasi. «Ajdodlarimizdan birortasiga tortgandir balki. Mushtday tirmizak hozirdanoq gʻirromlik qiladi. Uyatdan yiroq...»

Nuqradan masalaning yechimini soʻramaydi. Oxirida noiloj shubha-yu gumonlarini xotiniga ochiq aytadi:
-Kampir mana shu - Oʻrdash bolamizdan mening shubham bor. Mendan toʻraganiga ishonmayman. Bola olchoq. Gap-soʻzlariga quloq solib tursang, kishiga tuhmat qilishdan ham toymaydi.Sen tomondan ham, men tomondan ham kuzatsang bunaqa odam yoʻq ekan... Kampir boshqalaridan koʻnglim toʻq, lekin birgina mana shu Oʻrdashdan xavotirdaman. Koʻrasan, bu bola hali koʻplarga jabr qiladi. Shunda ular eng birinchi boʻlib meni, keyin esa seni soʻroqlaydi. Padaringga lan’at deydi. Onangni... deydi. Xullas, bir dunyo mashmasha...

Oʻroq ovchi shu gaplarni aytadi-yu xotinining ne deyarini bilgani uchun ham boshini koʻrpaga burkab oldi. U gap eshitadigan va kampiri ham soʻzlaydigan ahvolda emasdi.

Oradagi jimlik uzoq davom etadi. Bu jimlikni Oʻroq ovchi va uning kampiri qazo qilganlaridan keyin oʻsha beshikkerti qilingan kishi oʻz oʻlimi oldidan buzadi.

«Oʻrdash – mening oʻgʻlim, sizlarning iningiz, bir-birovlaringiz bilan inoq boʻlinglar, uni ayanglar.»

Ma’rakalar oʻtgandan soʻng jigarlari Oʻrdashni izlashadi. Uyiga borishsa, xotini bilan ikkita bolasini tashlab azim shaharga ketib qolganiga uch-toʻrt yil boʻlibdi.

Azim shaharga keldilar. Izlab u ishlaydigan manzilni ham topishdi. Idoraning yuzi xuddi arining uyasiga oʻxshardi. U yerni mirshablar qoʻriqlashar ekan. Ismi-rasmini qilib, Oʻrdashning xonasiga kirishdi. Sohibi yoʻq xonada biroz oʻtirishgach, ularni kimdir rahbarning oldiga yetakladi. Kallasi katta, yelkasi boqilgan navvosnikidek keng rahbar ularni tavoze’ bilan kutib oldi. Salom alikdan soʻng rahbar ham ularga begona emasligi aniq boʻldi.
-Sizlar Oqtovdan boʻlsangizlar, men Qoratovdanman. Nosir mullaning oʻgʻli boʻlaman. Oʻroq ovchi haqida ham koʻp eshitganman. Shu odamning hurmatiga Oʻrdash akani ishga olib edik, - deydi rahbar salmoqlab.
-Begona emas ekanmiz, - deydi mehmonlardan yoshi kattarogʻi. –Siz mendan kichkina chiqarsiz, otangizni ham yaxshi bilamiz. Akamizning otini – Mardon deyishardi. U kishini sirtdan koʻpchilik bilishmaydi. Yaqinda qazo qildilar. Shu desangiz bizlar Oʻrdashni topishimiz kerak. Akamizning bir nozik gaplarini u kishining oʻzlariga aytishimiz kerak.
-Ha, tushundim, vasiyatga oʻxshagan bir narsa boʻlsa kerak-da, a? – deya rahbar kalovlandi.
-Ha, toʻgʻri tushundingiz, uka. Vasiyat qilingan, - dedi mehmon.
-Oʻrdash aka, ishga kam keladi. Asosan ijod bilan mashgʻul boʻladi. Shunday imkoniyat yaratib berganmiz. Uyda faqat yozuv-chizuv va mutolaa bilan mashgʻul, - deydi rahbar.
-Yaxshi sharoit yaratib beribsiz, yurtdosh. Otangizga rahmat, boʻladigan yurtning bolalari bir-birini polvonim, derkan, uka. Sizga rahmat. Baxtli boʻling. Xonangizni xuddi oʻzimiznikiday qilib oldik. Agar ... vaqt ham boʻldi, chiqib tursak ham yomon boʻlmasdi, - deydi mehmonlar.
-Yoʻq, bahuzur, - deydi rahbar.
-Nima desam ekan... Siz ham begona emas ekansiz, - deya mehmonlar kalovlanadi.
-Aka, nimagadir siz bezovta koʻrinasiz. Men ham sizga yordam bergim kelyapti. Harholda, begona yurtda qoʻllab yuborsam, savob boʻlardi. Lekin sizlar mendan yashiryapsizlar, - dedi rahbar kallasini silkitib. – Axir togʻning odamlarimiz-ku! Keling, ochiqchasiga aytavering. Hozir Oʻrdash akani toptirib kelamiz.
-Siz mulla Nosirning oʻgʻliman, dedingiz. Dunyoni bilgan odam ekansiz, uka. Ochiqchasiga aytsak, Oʻrdash bizning inimiz boʻlarkan, - dedi mehmon. – Buni rahmatli Mardon akam oʻlimidan oldin aytdi. Bor gap shu.
-Ey-e, buyogʻi qiziq boʻldi-ku! – deya kalovlandi rahbar. – Oʻroq ovchi nima qilgan ekan. Men bilmagan ekanman. Demak, Oʻrdash aka Mardon boboning gʻunchasi ekan-da? Hozir, mana telefoni, qani bir terib koʻraylik-chi. Yoʻq, uyida emas.
-Uka, siz bilan gaplashib ham Oʻrdashni koʻrgandek boʻlamiz. Taqdir ekan. Mana biz qayda edigu siz qayda edingiz. Azim shaharda rizqini terib yurgan Oʻrdash inimizning ahvolidan gapirib gapirib bersangiz, - dedi mehmon.
-Xafa boʻlmasangiz aytaman, - dedi rahbar. -Endi hammasi ayon boʻldi. Men unga avvaliga yurt sha’ni, soʻng Oʻroq ovchining hurmati bilan yordam berdim.

Mayli, keling aytsam, bir boshidan ayta qolay.

«Oʻrdash aka qishlogʻida ikkita bolasi bilan xotinini tashlab, katta shaharga otlanadi.

Qaysidir bir idorada ham ishlaydi. Qitmirligidan u yerdan haydab yuborishadi. Mening oldimga keladi. She’rlarimni, togʻlarimizni, qarindoshlarimni aytib maqtaydi. Keyinchalik men va asarlarim haqida kichikroq maqola yozadi. Menga uning bu qiliqlari yoqmaydi. Laganbardorligidan hayron boʻldim. Koʻzimni yumdimu nima boʻlsa boʻlar deganday ishga oldim. Endi har kech mening oldimda oʻtirib olib, oʻzimni oʻzimga maqtaydi. Bezor qildi. Uyalmaydi, deng bu odam. Hamkasblariga men bilan bir joydan ekanligini aytib, maqtanarmish. Hattoki, men Shahanshoh bilan xonasida konyak, vino ichdim. Uning she’rlarini tahrir qilib berdim. Yana oʻqishi kerak boʻlgan kitoblarni tavsiya qildim, deya ishxonadagilarni ogʻziga qaratib oʻtirarkan.

Namoz oʻqiyman, deydi-yu, lekin qilayotgan va bajarayotgan amallarini kofir ham qilmaydi. Oʻrdash akani bir ukamizning boʻsh turgan uyiga ijara qoʻysak, deng. Sharmanda qildi. Bir satang shoira xotin bilan «shivirlashib» turganida ukamiz xotin bola-chaqasi bilan ustidan kelib qoladi. Ukamiz hech narsa demaydi-yu lekin kelin Oʻrdash akani uydan chiqarib yuboradi.

Uylantirib qoʻyaylik, desam unamaydi. Katta asar ustida oʻtiribman, shuni tugatay, soʻng oyogʻimni uzatib dunyoviy ishlar haqida oʻylayman, dedi.

Men unga ishonmay qoʻydim. Oʻrdash akani sizu biz yaxshi biladigan olisqoʻrgʻonlik Mas’ud Halil degan shoir uyiga opkeladi. Ikkalasi birga ishlardi ham. Shoir hastalanib bemorxonada yotadi. Oʻrdash aka uning holidan xabar olish oʻrniga, shoirning eng sara, qimmatbaho kitoblarini qaygadir opketadi. Shu bilan birga u shoirning uyidan ham ketadi. Shoir xudoning zori qiladiyamki, Oʻrdash aka kitoblarni qaytarib bermaydi. Mas’ud Halil aka bu gapni menga aytadi. Men esa taqvodor odamning birovni kitoblarini olib qaytarib bermasligi yaxshi amal emasligini uqtirdimki, baribir foydasi boʻlmadi. Bu orada shoir ham olamdan oʻtdi. Endi qarz qiyomatga qoldi. Lekin unga bunaqangi tuygʻular begona ekan.

U kishiga koʻp yordam qildim. Lekin u bilmadi. Bilmasam ham goʻrga edi. Oxiri tuhmat qilishga oʻtdi. Ustimdan yozdi. Nima emishki, men goʻyoki unga azob berayotgan, ijodidan toʻxtatib, shaxsiy yumushlarimni qildirayotgan manfur kimsa ekanman. Va boshqa narsalarni yozganki, oʻqib yoqa ushlaysiz. Nomaning tagiga esa bir talay kasblarni sanab tagiga Oʻrdash Oqtov deb yozganini aytmaysizmi? Bundan Oqtov ham, men ham, Oʻroq ovchi ham uyatga qoldik. Sadqai odam ket. Chaqirib, «nima gap, otamizning molini boʻla olmayapmizmi, gunohim ne, qoʻying shu ishlarni, uyat boʻladi,» desam ham yana oʻsha igʻvogarligiga oʻtib olgan. Atrofida toʻrtta-beshta satang shoira yana bir-ikkita alamzada qariyani yigʻib, boʻlgan-boʻlmagan gaplarni tepaga yozish bilan ovora.

Odam bu kishining qilayotgan ishlaridan uyalasan. Bir ishni topshirsang oxirigacha yetkizmaydi. Yurish-turishi ham pala-partish. Yolgʻon gapiradi. «Zoʻr shoh asar yarataman. Menga bir-ikki yil indamang,» dedi. Xoʻp, dedim.

Ikki yillar boʻldi. Faqat oylik maoshini ishlamasdan yeb yotibdi. Bundan Oʻrdash aka uyalmasayam, men xodimlarimlarning orasida uyalyapman. Hali asardan darak yoʻq. Mana shu bahorda yuqoridan kelib, ishxona xodimlarini birma bir saralab, qaytadan ishga qabul qildik. Hammaning oldida Oʻrdash akaning oʻziga oʻzi yozgan xarakteristkasini oʻqib berdim. Har tomondan unga savollar yogʻila boshladi.»Nega ishda koʻrinmaysiz?», «Nega keyingi paytlarda ijodingizda sustkashlik paydo boʻldi?» «Nima uchun Oʻrdash Oqtov passiv harakatda?»

Shunda, deng Oʻrdash aka uyat-sharmni yigʻishtirib qoʻyib, oʻrtoqlar endi fursati yetdi, menga rahbarimiz yoʻl bermayapti, ijodimni soʻndirmoqchi, mana ikki yildan beri bir ish buyurmaydi, - deya lupa taqqan koʻzlarini loʻq qilib menga qadadi. – Mana shu yerda oʻtirgan oʻrtoqlar boshligʻimizning tanobini tortib qoʻyishlari zarur. Aks holda menga oʻxshagan sermahsul ijodkorlarning holiga maymunlar yigʻlaydi. Ha, mana shunday ijodni tushunmaydigan rahbarlarning payini qirqadigan fursat yetib keldi. Meni mana shunday zolim rahbarning dastidan ozod qilishlaringizni soʻrayman. Muxlislarim har kuni xat yozaverib jonimga tegdi. Bu kishi esa asarlarimning yuzaga chiqishini koʻra olmaydi.»

U kishi shunday deya sannay ketdi. Men ne qilarimni bilmayman. Oxiri Xolmat degan shotirim bor edi oʻsha jonimga aro kirdi. «Uyaling, oʻrtoq Oʻrdash Oqtovli. Sizning bu gaplaringizni Oqtov eshitsa uyaladi. Siz oʻzingiz shoh asar yarataman deb, rahbariyatdan ruxsat olib, ishga kelmasdan maoshni olib, va’da qilingan asarni yozmasdan turib yana shuncha odamning oldida igʻvogarlik qilayotganingiz uyat. Erkak kishiga bu ishlar isnod. Bu yerda oʻtirganlar ham odam. Faqat sizni emas, boshqalarni ham eshitadi. Hukmi xulosani oʻzlari chiqarib oladi. Andishaning otini andisha deylik, oʻrtoq Oʻrdash Oqtovli. Odamgarchilik otangizning quli emas. Oq tovuq boʻlib, hamma sirni ochyapsiz. Akalar bu odamga ishonmanglar. Hamma gapi yolgʻon. Ey, senga yaxshilik qilgannniyam... Yurish-turishingizga qarang, salgina uyaling. Yoshingiz bir joyga kelsayam yolgʻondan qoʻrqmas ekansiz. Biz ham aybingizni bilamiz. Hammasini endi bir qogʻoz qalam qilib qoʻyamiz.Undan keyin koʻramiz. Ey, sadqai Oqtov degan laqab ket-e.»

Keyin Oʻrdash aka jimitdekkina kallasini yelkasiga qisib,koʻznoyagi tagidan hammaga bir-bir qarab oldi. Hech kim unga gapirmadi. Orada ancha vaqt jimlik turdi. Gapning rosti, undan jirkandim. Gʻazabim keldi. Ishda opqoldim. Qasdlashmadim. Oʻzimni bosdim.

Unda bet ham yoʻq ekan. Ishda boʻlmayotganligini oqlash uchun orada oldimga kiradi-da, «qishloqqa borib kelay, bolalarimga ul-bul tashlab kelaman, oʻgʻlimning mazasi yoʻq ekan, qizimning tugʻilgan kuni, ust-bosh oluvdim, shularni tashlab kelishga ruxsat bersangiz,» deydi. Men nimayam derdim, javob berdim. Lekin uning bolalariga qarayotganiga ishonmasdim, gumonim toʻgʻri chiqdi. Yaqinda xotini keldi. Bu nokas bolalariga umuman qaramas ekan. Hattoqi, alimentni toʻlashdan bosh tortibdi...

Uzr, akalar men Oʻrdash akani maqtash oʻrniga sizlarga yomonlab oʻtiribman. Uyga ketdik, mehmonim boʻlasizlar. Mardon buvani menga gapirib berasizlar.

Oʻroq ovchi ham qishloqning old odami boʻlgan deb eshitganman.»

Qani, akalar ketdik uyga, - deya oʻzi yoʻl boshladi.
Ne ajabki, koʻchaga chiqishganida yoʻlning narigi tomonida Oʻrdash Oqtov tozidek bukilib ketib borardi.

Muallif: Shodiyor Hazrat Ismat

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 798 | Добавил: Bepul_net | Теги: HAYOTIY HIKOYALAR, хикоя, Hikoya, ХАЙОТИЙ ХИКОЯЛАР, хикоялар, хадислар, bo'lgan voqealar, Hikoyalar, булган вокеалар, xadislar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта145 Ушли с сайта133 репутация сайта0.0
2 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта172 Ушли с сайта141 репутация сайта0.0
3 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта77 репутация сайта0.0
4 WWW.VOYDOD.NET
Пришли на сайта192 Ушли с сайта111 репутация сайта0.0
5 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта168 Ушли с сайта109 репутация сайта0.0
6 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта196 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
7 WWW.BEPUL.NET
Пришли на сайта207 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
8 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта256 Ушли с сайта94 репутация сайта0.0
9 Мультимедиа
Пришли на сайта166 Ушли с сайта68 репутация сайта0.0
10 Diana Gafarova Rasmi...
Пришли на сайта194 Ушли с сайта157 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz