Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Birinchi farzand krizisi
17:57
Birinchi farzand krizisi
Kechagina sizning bo'g'irsoqdek shirin bolajoningiz kolyaskasida beg'amgina o'tirib atrofdagilarni jilmayishini uyg'otar edi. "Voy, muncha shirin bolajon" degan gaplarni ko'p eshitar edingiz. Bugun esa bolangiz ham, uning ketidan butun oilangiz ham aqlidan ozay demoqda. Hammasi siz o'ylaganchalik qo'rqinchilik emas.
Bolajon uy bo'ylab chopib, divanlardan sakrab, ovqatni o'zi yeyishga harakat qilib, kashani boshi oyog'igacha surib, sizni tishlab, chimchilab, yig'lab, dod urib.....baqirishi sizga tanish holatmi? Sizni tabriklaymiz, sizda birinchi farzand krizis davri.
Hozir bolangiz necha oyligiga qaramay bu muammo bilan hamma oila duch keladi. Lekin bunga qaramay otalar ham, onalar ham bu bilan nima qilishni bilmay qiynaladilar. Bunday holatga tayyor bo'lmaydilar. Ayniqsa bolaning sho'xliklaridan keying - "Mana, sizning bolangiz tarbiyasi, cheksiz erkalatib yuborganingiz, bu bola nima bo'ladi hali" - degan gaplarni eshitish juda ham alamli bo'ladi. Aslida esa bu sizning tarbiya berishingiz natijasi bo'lmay, har bir odamning inson bo'lish yo'lidagi bir zinapoyadir.
Hammamizga ayonki, bola qadam-ba qadam rivojlanadi. Bu bir zinapoya kabi gap. Mana shu zinapoyaning har bitta zinasidan o'tish bola hayotida krizisdir. Bunda bola ko'proqqa, yuqoriroqqa intiladi-yu, lekin zabd etish yo'lini hali uddala olmaydi. Bu jarayonning yaxshi va yomon tomoni bor. Yomon tomoni shundaki nafaqat bola, balki butun oila a'zolari bu krizis davrida qiynaladilar. Yaxshi tomoni esa krizis davri tez o'tadi. Krizis ketidan esa bola ham, oila ham bir zinapoyaga yuqoriroq ko'tarilgan bo'ladi.
Qanday qilib krizis davrini yengillashtirish mumkin?

Har bir ikki yoshlik bolaning onasi - "Bolangiz bir yoshida qanday edi?" - degan savolga- "Voy eslatmang", - deb javob beradi. Lekin surushtirsak quyidagilar namoyon bo'ladi:
Odobli, qiziquvchan bola birdaniga joyida o'tirolmasdan, hammayoqqa boshini suqib, ota-onasini choptira boshlaydi. Onaning "yo'q" va "mumkin emas" degan gapini umuman qabul qilmaydi. Bolada urushqoqlik, talashish, injiqlik ko'p namoyon bo'ladi.
Siz band bo'lganingizda bola iloji boricha sizni e'tiboringizni qaratishga harakat qiladi.
Nega bunday bo'ladi?
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bolaning ehtiyojlari uning imkoniyatlari bilan zid bo'lib qoladi. Masalan, agar oldin bola jismonan ham, ma'naviy ham ona bilan birdek bo'lgan bo'lsa, butunlay onaga bog'liq bo'lib, o'z ehtiyojlarini birgina yig'isi bilan qondira olardi. Bola yig'lashi bilan ona va boshqa atrofdagi kattalar shu zaxoti uning xohishini amalga oshirishga qo'l urardilar. Endi-che?
Endi bola o'z oyoqlariga turib qarasa, uning o'zi o'z xohishi bilan xohlagan joyiga borib, xohlagan narsasini olish imkoniyati bor ekanligiga amin bo'ladi. Xohlasam onamdan qochib ketsam bo'ladi, xohlasam ovqatni o'zim yeb hammasini to'kib tashlasam bo'ladi, xohlasam suv o'ynasam bo'ladi kabi jajjigina xayollar bolani qiziqtirib o'yinga undashni boshlaydi. Lekin shu zaxot yoki onaning "YO'Q" deyishi yoki imkoniyati yetmasligi bolani ajablantirib qo'yadi. 
Bola bunday holatdan xafa bo'lib, xafagarchiligini turlicha izhor eta boshlaydi.
Onada krizis?
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ona ham bir yoshli bola bilan krizisga uchraydi. Hozirgi kunda bu haqda kam gapirilmoqda, lekin bunga albatta ahamiyat bermoq lozim. Chunki har bir ona, bolasining nojo'yi hulqidan hayratda qolib, "nega bunday qilyapti?", "men noto'g'ri tarbiya beryapman", "men bolamni haddan tashqari erkalab yubordim", "men bolamga yetarlicha vaqt ajrata olmayamman..." kabi savollar bilan o'zini qiynab yuboradi. 
"Bolam o'zini juda mustaqil his qilyapti, endi men bolamga kerak emasmanmi?" - degan savol onada tug'iladi. Bu savolga aniq bir javob albatta keraksiz. Aynan hozir juda ham keraksiz. Axir ona bu faqat sut va ko'taradigan mehribon qo'llar emas, ona bola uchun xavfsizlik garovidir. Bolada o'z kuchiga ishonishini ta'minlovchi kuch ham ONADIR. 
Undan tashqari bola bilan kuni bilan uyda bo'ladigan onalar yuragida ikki xil fikr to'qnash bo'lib turadi. Uyda zerikib ona ishga chiqib ketish niyati bilan "bolamga yetarlicha mehr bera olmadim", "hali u kichkina", degan fikr. Bu ikkita fikrga albatta atrofdagilarning yondashishi alohida ta'sir ko'rsatadi. Bu holatda ona aniq bir yo'lni tanlashi kerak. Agar uyda o'tirishni chindan istamay, uyda bo'lganida asabiylashib yursa u holda bolani bog'chaga berib ishga chiqqani ma'qul. Chunki asabiylashgan ona bolani baribir yaxshi boqa olmaydi.
Sog'lom va baxtiyor ona sog'lom va baxtyor bola garovidir.

Yana bir onaning krizisiga olib keluvchi sabab bu erining yordami yetishmasligi. Er kuni bilan ishlab uyga kech kelganida ona undan bolaga qarashda yordam va dalda kutadi. Er esa o'zi ham charchab kelgan bo'lib uyda dam olishni istaydi. Shu paytda ona qalbida qattiq xafagarchilik uyg'onishi mumkin. Bir oz bo'lsada otalar bolasi bilan o'ynagani bolaga ham, kuni bilan bola bilan bo'lgan onaga ham juda yoqimli va foydali bo'ladi.
Shuni unutmangki, bolaga qanday tarbiya berishingizdan qat'iy nazar bola doim!!! sizning muhabbatingizni his etmog'i lozim. U haqiqatan sevimli farzand ekanligini bilishi shart!

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 904 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.VOYDOD.NET
Пришли на сайта192 Ушли с сайта111 репутация сайта0.0
2 VOYDOD.NET
Пришли на сайта215 Ушли с сайта129 репутация сайта0.0
3 SAYYOD.COM
Пришли на сайта195 Ушли с сайта258 репутация сайта0.0
4 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта77 репутация сайта0.0
5 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта232 Ушли с сайта164 репутация сайта0.0
6 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта145 Ушли с сайта134 репутация сайта0.0
7 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта168 Ушли с сайта109 репутация сайта0.0
8 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта196 Ушли с сайта76 репутация сайта0.0
9 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта274 Ушли с сайта113 репутация сайта0.0
10 Мультимедиа
Пришли на сайта166 Ушли с сайта68 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz