Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Asal oyi
17:33
Asal oyi
Deyarli har bir er-xotin turmushida asal oyi bo'ladi. Bir oy, uch oy, ba'zilarda 1-2 yillab ham davom etadi u. Asal oyi davri hammaga yoqimlidir, u ehtiroslarga boy bo'lib, bizga yoshligimizni eslatadi. Lekin negadur butun hayotimizni asal oyidek o'tkaza olmaymiz...
Turmushning o'n yilligida, yigirma yilligida ham huddi oldingidek ehtiros va tuyg'ularga boy munosabatni hamma qumsaydi, shunga intiladi, lekin negadur iloji bo'lmaydi. Nahot asal oyi yoshi o'tgan juftliklarda bo'lmasa... Haqiqatan ham shundaymikin?
Turmushning ilk oylarida asal oyi. U payt er-xotin bir-biriga to'yolmaydigandek tuyuladi. Erning xayoli xotinida, xotininiki erida. Orada tushunmovchilik bo'lsa ham, juftliklar kuni bilan bir-birini qumsab, tezda kechirib yana diydorlashish ilinjida yashaydilar.
Vaqt o'tib bu munosabatlarga qarindoshlar qo'shiladi. Ularning yaxshi-yomon aralashuvi asta-sekin juftliklarni jismonan uzoqlashtira boshlaydi. Keyin turmushning moliyaviy tomoni paydo bo'ladi. Pul topish harakati, uni ishlatish muammosi juftliklar munosabatiga yana bir kichik ta'sir o'tkazishni boshlaydi.
Yana vaqt o'tgach oilada farzand dunyoga keladi. Ana shunda ilk bora er-xotinda umumiy bir hayol paydo bo'ladi. Bu - farzandi haqidagi xayol. Agar oldin erkakda moliyaviy hayol bo'lib, ayolni bu bezovta qilmagan yoki ayolning qarindoshida biron muammo bo'lib, erini bu qiziqtirmagan bo'lsa, endi butunlay boshqacha. Endi bu juftlikni birlashtiruvchi bir katta kuch bor - ularning farzandi. Aynan shu davrdan boshlab er-xotin erkak va ayoldan ota-onaga aylanadilar.
Endi ishga ketgan erini ertalabdan boshlab kutishni o'rniga ayol bolasini katta qilish bilan ovora bo'ladi. Ishxonada bo'lib ayoliga qo'ng'iroq qilgan er nafaqat ayoli haqida balki farzandining holati haqida ham xabarlashadi. Oilada pul ishlatilayotganda endi bolaning ehtiyojlari birinchi o'ringa o'tadi. Kechqurun er-xotin birga bo'lib diydoriga to'yishni o'rniga bolani uxlatish bilan ovora bo'ladilar. 
Yana yillar o'tadi. Farzandlar katta bo'ladi. Ular o'zini o'zi eplagani bilan er-xotinning vazifalari yanada ko'paygan. Farzandini o'qitish, uni yomon yo'ldan asrash, kerakli tarbiya berish va yana yuzlab vazifalar ota-onaning oldida turmoqda. Ular shu bilan band. Bunga doim sherik bo'ladigan moliyaviy muammolar ham yo'q emas.
Shunday qilib hayot davomida er-xotinning orasiga minglab munosabatlar qo'shilib ketadi. Bu yaxshi munosabatlar va baxt keltiruvchi holat bo'lgani bilan o'z-o'zidan ularni ayol va erkakdan, qo'pol qilib aytganda ota-ona, buvi-buva, pul olib keluvchi va tarbiyachi, oshpaz va haydovchiga aylantirib qo'yadi. Bu munosabatlarda asal oyiga joy bormi?
Farzandini sevadigan ayol uchun - farzand doim birinchi o'rinda bo'ladi. Oilasi tinch bo'lishini istaydigan erkak shu tinchlikka erishish yo'llarini izlaydi. Endi tun mobaynida xotini bilan "suhbatlashib" ertasi kuni ishda uyqusrab o'tirishga ma'suliyatli erkak qodir bo'lmaydi. Chunki u oila boshi, farzandlarini baxtini o'ylaydigan erkakdir. Ayol esa avallo ona bo'lib qoladi. Erini ming sog'ingan bo'lsa-da, bolasining tundagi bir dona chaqirig'i uni o'rnidan sakrab turishiga sababchi bo'ladi. Bunday misollar juda ko'p.
Lekin baribir ayol ham erkak ham o'sha ehtirosli, bir-biriga bo'lgan sog'inchli munosabatlarga qaytishni istaydi...Nahot iloji yo'q bo'lsa?
Asal shirinliklardan eng shiralisi bo'lsa kerak. Shuning uchun ham hayotning eng shirali davrini asal oyi deb nomlashgan. Lekin tasavvur qiling mo'jiza bo'lib butun umr asal oyidek o'tmoqda. Har kuni, har oy, har yil.....Mana shunday asal oyi cheksiz davom etadigan hayot egasi shuni anglay oladimi? Yo'q. Chunki bu uning har kungi hayotidir. Unga endi bundan ortiqrog'i kerak bo'ladi.
Asal oyi o'ziga xos ekanligi bilan, oddiy hayotdan ko'ra ajralib turishi bilan bizga yoqimlidir. Asal oyini butun umr kechira olmas ekanmiz, uni ba'zida hayotimizga kiritib turishimiz kerak va buning iloji bor. Faqat u buvi bilan buvaning, ota bilan onaning, haydovchi bilan oshpazning munosabalariga kira olmaydi. U erkak va ayol orasidagi munosabatda bo'ladi xolos.
Imkoniyatdan kelib chiqib bir kun, bir tun, hatto bir kechaga bo'lsada, er-xotin ERKAK va AYOL bo'lib qolishni bilishsa, ularning umri davomida asal oyi qayta-qayta takrorlanaveradi. 

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 1125 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта257 Ушли с сайта95 репутация сайта0.0
2 WWW.BEPUL.NET
Пришли на сайта207 Ушли с сайта106 репутация сайта0.0
3 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта77 репутация сайта0.0
4 WWW.VOY.UZ
Пришли на сайта228 Ушли с сайта99 репутация сайта0.0
5 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта145 Ушли с сайта134 репутация сайта0.0
6 WWW.HAYOL.UZ
Пришли на сайта277 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
7 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта232 Ушли с сайта164 репутация сайта0.0
8 Diana Gafarova Rasmi...
Пришли на сайта194 Ушли с сайта157 репутация сайта0.0
9 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта274 Ушли с сайта113 репутация сайта0.0
10 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта168 Ушли с сайта109 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz