Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Yigitlikning koʻchasi
14:39
Yigitlikning koʻchasi
Ismatga alam qildi. Judayam alam qildi. Axir unga qoʻl koʻtarishdi. Yana kimlar? Qandaydir goʻdaklar! Shefiga aytsa-ku, hammasining dab-dalasini chiqaradi. Kim boʻlipti bular Toshtemir shef qoshida?! Kerak boʻlsa, har birini bir-bir chinchalogʻi bilan uchirib yuboradi. O’shalarning betiga aytdi: «Bittang qimirlamay tur, hozir Toshtemir shefni olib kelaman». Toshtemir nomini eshitgandan soʻng barining ichi oʻtib ketdi, ammo sir bergisi kelmay, «boʻpti, kutamiz», deb qolishdi. Shunaqa kutsinki, kutganlariga ming pushaymon yesin,ikkinchi kutmaydigan,Toshtemir nomini eshitgandan shataloq otib qochadigan boʻlsin.

Asli voqea bunday boʻldi.

Ismatni student doʻstlaridan biri - Vohid - Toshtemir shef bilan tanishtirmoqchi edi. Ismat quvonib ketdi. Axir juda zoʻr imkoniyat-da bu! Koʻcha-koʻyda seni uradigan boʻlishsa, (bilib boʻladimi, shahar joy, har xil odam uchraydi), himoya qiladigan tayanching borligini his qilib yashash – kishiga ruh bagʻishlaydi. Koʻchalarda uncha-muncha bolani pisand qilmaysan, koʻkragingni kerib yurasan. Chiroyli qizlarga gap otasan. Atrofingdagilarga nisbatan zoʻrroq ekaningni his etib yashash – rohat! Senga duch kelganda aksariyat bolalar choʻchib turishadi, ayrimlari laganbardorlik bilan atrofingda aylanib, oʻrgulishini mensimaslik bilan kuzatasan. Studentlar shaharchasida koʻchani toʻldirib yur. Atrofingda oʻtgan-ketganning bari senga salom beryapti. Xohlasang alik ol, xohlamasang alik olma. Xohlasang, salomiga javoban oʻqrayib qara, xuddi qarzi borday. O’z yoʻlingda duch kelganni bosib-yanchib oʻtaver. Birinchi kurs studenti boʻlsa, yoki basharasidan sendan choʻchiyotgani ayon boʻlib qolsa, masxara qil:
— Xoʻsh, - deydi vishillab, anavining koʻngliga gʻulgʻula solish uchun, - nima qilib yuribsan bu yerda?
— Men... men...me-en... Oʻz-oʻz-zim, - deydi qaltanglab.
— Sen, sen... Oʻz-zing? Nima sen oʻzing? – deydi-yu, Ismat uni yoqasining bir chetidan tutib, oʻziga tortadi. Student pirillab oyogʻi tagiga keladi. – Meni taniyapsanmi? – deydi Ismat koʻzlarini loʻq qilib.
— Ha, siz Ismat akasiz!
— Ismat akaman? Yaxshilab qara, balki adashayotgandirsan? A, qara-chi!
Anavi qarolmaydi. Qoʻrqadi, yerga tikiladi. Koʻzingni battar loʻq qilasan, ovozingga ovoz, kuchingga kuch qoʻshilib ketadi bunaqa lahzalarda. Bir urib yerga kirgizib yuborging keladi bunaqalarni, lekin soʻnggi daqiqada rahm qilasan. Qoʻy Ismat, deysan oʻzingga oʻzing, yashasin shular ham sening davringda. Ishshayib, anavining iyagidan tutib, boshini koʻtarasan.
— Men kim ekanman? – soʻraysan qaytalab.
— Ismat akasiz.
— Ismat akami? Balki Ismat shefdir?
— Ha, ha, Ismat shefsiz Ismat aka!
«Ismat shef!» Jaranglaydi-ya!
— Ke, ikkimiz joʻra boʻlamiz, - deydi Ismat kulimsirab.
Studentcha kutilmagan baxtdan garangsib qoladi. Ismatning yonidagi jalpataklardan biri anavining qulogʻiga shipshitadi: «Joʻrachilikni yuvish kerak, Ismat shef xursand boʻladi!». U hushyor tortadi, yugurib doʻkonga borib keladi. Keyin birgalashib, yangi doʻstlikni mustahkamlash niyatida qadah koʻtarishadi. Anavi beradiganini berib, tezroq qutulish uchun tipirchilaydi. Ismat esa ataylab uni yoniga oʻtirgʻizib oladi. Keyin esa «endi mening navbatim» deb shunchaki yoʻliga kissasidan pul chiqaradi-da: «kim doʻkonga borib keladi?», deydi. Tabiiyki, oʻzi ham, jalpataklari ham anavining oʻzi tushunib, oʻrnidan turishini kutishadi. Turmasa, biri yana qulogʻiga kerakli gapni shipshiydi. Yangi doʻstlikdan ham choʻchib, ham xursand boʻlib oʻtirgan studentcha sapchib oʻrnidan turgancha, Ismat shefning qoʻlidan pulni olmoqchi boʻladi. Ammo jalpataklardan biri unga pulni oldirmaydi. U yana oʻz puliga aroq olib keladi. Borgancha, qaytib kelgancha haftalik puli koʻkka sovurilayotganidan ichi eziladi, ammo boshqa iloji yoʻq. Ismat shefning rayini qaytarish mumkin emas.
Ikkinchi shishani boʻshatishgandan soʻng studentcha uncha-muncha boshi qizib, taltaya boshlashi mumkin. Deylik, . Ismat shefning oʻzigamas, shunda ayrm gaplari jalpataklardan biriga yoqmay qoladi-da, «sen oʻzi nima deyapsan», deya anavini bir-ikki tuyib oladi. Ismat shef, - albatta sal keyin, - yangi doʻstni ajratib oladi. Ikkovini yarashtiradi. Keyin yarashganlarini yuvishadi. Ogʻirlik yana...
— Pulim qolmadi, - deydi anavi yigʻlamsirab.
— Yigitmisan oʻzi? – deydi Ismat shef.

Studentcha bolalardan qarz oladimi, oʻgʻirlik qiladimi, pul topib aroqni keltirib oʻrtaga qoʻyadi.
— Mana bu yigitning ishi, - deydi Ismat xursand boʻlib. – Endi bemalol yuraver. Kim bir nima deydigan boʻlsa, men Ismat shefning ukasiman, de.
— Yaxshi, - deydi yigitcha, - endi menga ruxsat, ertaga seminarim bor, tayyorlanishim kerak.
— Seminar bizdayam bor, oʻtiripmiz-ku, - deydi biri.
— O’tirishimiz senga yoqmayaptimi? – deydi ikkinchisi xezlangannamo.
— Qoʻyinglar, mayli borsin, oʻqishiga tayorlansin, - deya ruxsat beradi Ismat shef. Keyin xayol suradi: «Bu bola hozir seminar yozadi. Seminar! Seminarlarga hadeb qatnayverish shart emas. Imtihon kuni «men ham shu guruhda oʻqiyman», deb domlaning oldiga kirib borsa, kursboshi qoʻllab yuboradi: «Ha, Ismatboy ozroq kasal boʻlib qolgani tufayli seminarlarga yaxshi qatnasholmagan, ammo imtihonga yaxshi tayyorlandi, oʻzi yaxshi bola», (Maqtov uchun keyin yarimta naqd.), deya qoʻlab yuborsa, bilet savoliga javob bera oladimi, yoʻqmi, baho bor. Yigitning bahosi «uch». Koʻpincha biletdagi savolga javob yozayotgan boʻlib (aslida javobni mutlaqo bilmaydi), oppoq qogʻozga domlaning suratini chizib oʻtirganda (albatta, agar rassomchilik qoʻlidan kelsa), partaning ustiga shpargalka kelib qoladi. (Guruhda xalq gʻamxoʻrlari koʻp). Gap endi tayyor narsani ifodali oʻqib berishda. Buni amallasang, domla imtihonga yaxshi tayyorlanganingga ishonadi va senga yigitning bahosini hadya qiladi. Boʻldi! Ismatga bundan ortigʻi kerak emas. Bu bola esa seminar deb yuripti».
Xullas, Toshtemir shef bilan tanishishdan Ismat juda manfaatdor edi. Shu maqsadda oʻsha student doʻsti, gʻamqishlogʻi Vohidlarning yotoqxonasiga borayotib, bir toʻda yigitlarga duch keldi. Bittta-yarimtasi turtib-purtib yubormasin deb (bilib boʻladimi!?), chetlab oʻtayotgandi , toʻda ichidan kimdir uni chaqirdi. Yuragi shuvillab (axir toʻxtatib, urishlari, bor pulini shilib olishlari mumkin-ku), oʻgirildi. Baxtiga Vohid shu toʻdada ekan. O’rtada Toshtemir shef! O’sha, mashhur barloslik Toshtemir shef! Ismat Vohidni koʻrib boʻshashdi, oʻziga keldi. (Bir necha lahza ichida terlab-pishib ketipti. Qoʻrqqanidan! Jonini olarmidi? Buncha qoʻrqdi!?) Ismat yigitlar bilan birma-bir koʻrishib chiqdi. Toshtemir shefga duch kelganda yuziga baxtiyorlik alomatlarini yoydi, bir qadar egildi ham. Birgalashib oshxonaga borishdi. Ovqatlanishdi. Ichishdi. «Doʻstim Vohidning sharofati bilan haqiqiy oʻgʻil bolalar bilan tanishganimdan gʻoyatda xursandman! O’tirish xarajati mendan», dedi u qadah soʻzi aytib. Ismatga pul gap emas. Ismatning onasini Banot deydilar, uni Barlosda hamma taniydi. O’gʻlim oʻqishda, qiynalmasin, deb hamisha kissalarini toʻldirib joʻnatadi. Xullas, Ismatday dilkash, qoʻli ochiq yigitdan yangi doʻstlar rozi boʻlishdi. Toshtemir shef uni maqtadi. Toshtemir shefning sigareti tamom boʻlgan ekan, oʻtirganlarning birontasidan topilmadi. Shunda Ismat, goʻyo bunaqa ishlar odat tusiga kirib qolganday, pul uning uchun oddiy qogʻozday, oʻrtaga uch soʻmni bepisand otib tashladi. Yonida oʻtirgan koʻrimsizroq bolaga yarim buyruq, yarim iltimos ohangida (toʻliq buyruq beraverishga hali erta): «Iltimos, shu pulning hammasiga bufetdan «Opal» keltiring», dedi. Keyin uch soʻmga kelgan olti quti «Opal»ni yangi doʻstlarning oldiga otib tashladi: «Istagancha chekaveringlar».
Umuman, tanishuv koʻngildagiday oʻtdi. Oshxonadan chiqishgandan soʻng yigitlar Ismat bilan uzoq xayrlashishdi. Toshtemir shef uning yelkasiga qoqib qoʻydi.
Yotogʻiga qaytayotgan Ismatning kayfiyati mutlaqo boshqacha edi. Endi u Toshtemir shefning panohida edi. Toshtemir shefni axir Samarqanddagi barcha studentlar tan oladi, hazilmi!? Ehhe!! O’tgan-ketganga past nazar bilan, bepisand qarar, goʻyo bularning istalganini sal turtsa, uchib ketadiganday tuyulardi. Yoʻlida uchta qiz duch keldi. Ismatning shoʻxligi tutib, uchovining oʻrtasidan yurdi. Qizlar nochor ajralishga majbur boʻlishdi. Shunda Ismat yonidan oʻtayotgan qizning koʻkragiga qoʻl choʻzdi. U qizlarning chinqirib qochishini, qoʻrqishlarini kutgandi. Aksincha, yuziga qattiq shapaloq urildi.
— He, oʻl, bezori! – dedi qiz, keyin bamaylixotir dugonalariga qoʻshilib ketaverdi.
Ismat oʻsal boʻlib qolaverdi. Bir pasdan soʻng jigʻibiyron boʻldi. Toshtemir shefning joʻrasini qandaydir bir xashaki qiz tarsakilab ketsa-ya! Adolatdanmi shu? Qani haqiqat? Hech boʻlmasa oʻatib soʻkolmadiyam! Ismatning alami tobora kuchayib borardi. Shu alam girdobida «qora park»ka kirdi. Xilvatroq tomonga oʻtdi. Bu yoqlarda oshiq-ma’shuqlar koʻproq oʻtiradi. Boyagi qizlar balki shu yerga kelishgandir? Ismat eng chetdagi, quyuq daraxtlar panasida oʻtirgan juftni tanladi. O’zi, yigiti ham pachoqqina ekan. Bir doʻq bilan haydab yuborish mumkin. Ismat yigitni imlab yoniga chaqirdi. Har qalay Ismat mard! Bolani qizning oldida isnodga qoldirishni istamadi.
— Nima deysan? – deya u bola yaqin keldi.
— Joʻra, qizing menga yoqib qoldi, - dedi Ismat dabdurustdan, bolaning yelkasiga akalarcha qoʻl qoʻyarkan. – Qizingni ikki soatga menga qoldir. Ikki soatdan keyin qaytarib beraman. Gap bor.
— Hazillashmayapsanmi? – soʻradi yigit, Ismatning boʻy-bastiga oʻzini chogʻlab.
— Yaxshilikcha ket deyapman! Yomon xafa qilaman lekin!
— Joʻra, mast ekansan, uyingga bor, damingni ol, - degancha pachoq yigit bamaylixotir qizining oldiga joʻnadi.
Yigit uzoqlashgandan soʻnggina Ismatning gʻazabi qoʻzidi: «Kim bilan oʻynashyapti bu tirmizak?» Ismat mushtlarini tugib, haligi yigitning orqasidan ikki qadam qoʻygan ham ediki, kimdir yelkasidan tutdi. O’girilib, qoʻltiqlashib turgan yana bir juftni koʻrdi. Yigit osoyishta, qiz hazarbilan tikilishib turardi.
— Doʻstim, koʻp ichibsiz, - dedi u mehribonlik bilan. – Yoʻlingizda tinchgina keting, oʻzingizga yaxshi boʻladi.
— E, sen aralashma! – Ismat zarda bilan birinchi juftlik tomon intildi.
— Toʻxtang, esingiz joyidami? – dedi ikkinchi yigit uni tutib qolib. – Yigitmisiz oʻzi? Qiz bola bilan yurib qoʻrganmisiz?
Toshtemir shefning joʻrasi oʻziga nisbatan bunaqa bepisand muomalaga chidamasligi tayin edi.Ismat musht koʻtardi, ammo yigit chap berdi. Ismatning mushti havoni kesib oʻtdi-da, oʻz zarbidan oʻzi gandiraklab ketdi.
— Iye, bokschisiz shekilli! – yigit qizini qoʻyib yubordi. – Qani yana bir urinib koʻring-chi!
Ismat yana mushtini havolatdi va shu koʻyi javob zarbadan oʻzi gursillab yerga yiqildi. Ismat yana turib, urish niyatida yugurdi. Yigit qochdi. Yoʻl-yoʻlakay, Ismat nimagadir qoqilib, yuztuban uchib tushdi.
— Doʻstim, boʻldimi endi? Ketasizmi? – deya soʻradi haligi yigit hamon xushmuomala bilan. Hatto uni turgʻizishib, kiyimlarini qoqishib ham qoʻydi.
Shunda Ismat: «Bittang qimirlamay tur, hozir Toshtemir shefni olib kelaman, Razbor qilamiz», dedi. Baxtiga Toshtemir shef bosh oʻsha yigitlar oʻz yotoqxonalari oldida tarqalmay turishgan ekan.
— Mening nomimni eshitsa ham kutib turishiptimi? – soʻradi Toshtemir shef. – Qani, koʻraylik, yuringlar-chi! Samarqandda shunaqa bolalar ham bor ekan-da, a?
Yotoqxonadan «qora park»kacha uch minutlik yoʻl. Bir zumda yetib borishdi. Toshtemir ikki juftni koʻrib hayron boʻlib qoldi, chunki uning sevishganlar tinchini buzadigan odati yoʻq edi. Bu yigitchilikka toʻgʻri kelmaydi, deb hisoblardi. Toshtemir nimanidir anglaganday, Ismatga gumonsirab qaradi, ammo Toshtemir shefni qoʻrqmay kutadiganlar bilan gaplashish istagi juda kuchli edi. Yaqin borib ularning birini tanidi: kurash tushib yuradigan tirmizaklardan biri. Yaqinda allaqaerga borib, chempion boʻlib keldi, shekilli. Ammo...
— Toshtemir aka, - dedi kurashchi yigit xotirjam, - sizning fe’lingizni yaxshi bilganim uchun ham ketmay, sizni kutdim, - deya boʻlgan voqeani aytib berdi. – Shu gapdan keyin ham nohaqsan, desangiz, roziman, turib beraman, istagancha uravering. Ishonmasangiz, ana, oʻzidan soʻrang.
Toshtemir jim turar, shu sababli atrofidagilar ham janjalni boshlashga jur’at etmasdi.
— Buning gaplari toʻgʻrimi?
Ismat hali yolgʻon toʻqib ulgurmagandi. Tahdidli nigohlardan yuragi orqasiga tortib, tisarildi...

(Bundan keyini nima boʻlganini aytish niyatim yoʻq).

Muallif: Abulqosim Mamarasulov

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 633 | Добавил: Bepul_net | Теги: HAYOTIY HIKOYALAR, хикоя, Hikoya, ХАЙОТИЙ ХИКОЯЛАР, хикоялар, хадислар, bo'lgan voqealar, Hikoyalar, булган вокеалар, xadislar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта167 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
2 Мультимедиа
Пришли на сайта165 Ушли с сайта67 репутация сайта0.0
3 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта230 Ушли с сайта163 репутация сайта0.0
4 Shahzoda
Пришли на сайта173 Ушли с сайта46 репутация сайта0.0
5 WWW.HAYOL.UZ
Пришли на сайта277 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
6 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта171 Ушли с сайта140 репутация сайта0.0
7 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта273 Ушли с сайта110 репутация сайта0.0
8 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта76 репутация сайта0.0
9 Oybek va Nigora
Пришли на сайта178 Ушли с сайта152 репутация сайта0.0
10 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта144 Ушли с сайта133 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz