Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Xolingiz nimani anglatadi?
17:04
Xolingiz nimani anglatadi?
Mashhur tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning aytishicha, qiz yuzida bitta xol bo'lsa, u chiroyini yanada ochadi, butun yuzini xol bosgan bo'lsa, qizni xunuk qiladi. Sharq she'riyatida qizlar yuzidagi xol asl go'zallik belgisi sifatida tasvirlanib, unga ko'plab satrlar bag'ishlangan. Taniqli o'zbek rassom Chingiz Axmarov ham o'zining etti go'zalini tasvirlaganda yuziga xol qo'yishga alohida e'tibor qaratgan va bu bilan qizning go'zalligini bo'rttirib ko'rsatibgina qolmay, unga o'ziga xos sirlilik ham bag'ishlagan.

G'arbda ham qiz yuzidagi xol hech e'tiborsiz qolmagan, ammo turli davrlarda unga bo'lgan munosabat har xil bo'lgan. Masalan, o'rta asrlarda bunday «shayton tamg'asi» uchun jodugar deb e'lon qilib gulxanda yoqishga ham yuborishlari mumkin edi. Keyinchalik fransuz qirollari paytida xol «moda belgisi»ga aylantirildi va saroyda yuzida tabiiy xoli bo'lmaganlar uni chizib olishni ham kanda qilishmasdi.

Bugungi kunga kelib, xolga e'tibor ancha susaydi. Tibbiyotda hatto xolga salbiy qaralmoqda ham. Xollar xavfli kasallik – melanomaga aylanishi ehtimoli bo'lganligi sababli ularning ba'zilarini yo'qotish, boshqalarini tez-tez nazorat qildirib turish tavsiya qilindi. Ammo ko'pchilik hali ham kimning xoli ko'p bo'lsa, u kishi, albatta, baxtli bo'ladi, degan naqlga ishonishadi. Ular xolga qarab o'z kelajaklarini ko'rishga yoki boshqalarning fazilatlarini aniqlashga intilishadi. Bunda xolning shakli va rangiga alohida e'tibor beriladi. Xullas, badandagi xol shubhasiz xatar manbaidir, degan gap haqiqatdan ancha yiroq. Xo'sh, qizlar yuzidagi xol nimani anglatar ekan?

1. Shiva ko'zi, ya'ni mashhur «uchinchi ko'z» nuqtasi. Bu erda xoli bor odam o'ta sezgir, dono, bilimga chanqoq bo'ladi.

2. Ehtirosli, rashkka berilgan, jahli burni uchida turadigan odam.

3. Shoirona qalb egasi, aqliy kasblarda muvaffaqiyat qozonadi.

4. Kuchli muhabbat, vafodorlik belgisi, hissiyotli va sahiy odamlarda uchraydi.

5. O'zgaruvchan, qisqa muddatli munosabatlar tarafdori.

6. Sayohatlarga mukkasidan ketgan, hayolparastlik va ijodkorlik.

7. Asossiz raksh, haddan ziyod o'zini sevish.

8. Cheki yo'q hissiyotlilik. Turmush his-hayojonga to'la bo'ladi.

9. Asosi bo'lmasa ham aybdorlikka berilish, nizolar, urush-janjalga to'la hayot.

10. Yaxshi xotira, kelishuvchanlik, moddiylikni xush ko'rish.

11. Ishqiy munosabatlarni qiyinlashtirish, taqiqlangan narsaga intilish alomati.

12. Chalkash ishqiy aloqalar, hissiyotga berilganida hamma narsani esidan chiqaradi.

13. Tez-tez janjal va xuddi shunday yarashish.

14. G'ayrioddiy yuksak ong egasi, o'ziga xos taqdir belgisi.

15. Mustaqil hayot, ko'ngilxushlik va sayohatlarni xush ko'radi.

16. Ota-ona bo'lishga ishtiyoq, sahiylik, vafodorlik.

17. Odamlarni o'ziga qaratishga, hammaning e'tiborini tortishga va shov-shuvli hayotga intilish. Muhabbatda o'zgaruvchanlikni yoqtiradi, lekin nikohga jiddiy munosabatda bo'ladi.

18. Hissiyoti boshqa fazilatlaridan ustunlik qiladi, noyob narsalarni yoqtiradi.

19. Rashkka beriluvchan, yagona va jiddiy sevgiga erishishni istaydi.

20. Hulqi og'ir, ruhiy tushkunlikka beriluvchan.

21. Aqliy va ishqiy ishlarda o'zgaruvchanlikni yoqtiradi, chalkash munosabatlarga kirishadi.

22. Bevafolik, ochiq kiyimlarni yoqtiradi.

23. Hayotga ochiq ko'z bilan qaraydi, batartib, ma'naviy va moddiy kamolotga intiladi.

24. Ruhiyati ta'sirchan, salomatligi zaif, himoyaga muhtoj.

25. An'anaviy mustahkam oila tarafdori. Tinch-osoyishta hayotni istaydi.


Erkak badanidagi xollari ahamiyati

Peshonasida – o'ng tomonidagi xollari baxt va shuhrat belgisidir.

Quloqlarida – jiddiy tashvishga duch kelmaydi.

Bo'ynida – yon tomonida bo'lsa, og'ir, tashvishli hayot, old tomonida bo'lsa, kasbdagi jiddiy muvaffaqiyatlar alomati.

Iyagida – atrofdagilar hurmati.

Jag'ida – salomatlik holatining yomonligi yoki, ayniqsa, chap tomonida bo'lsa, betartib hayot belgisi. 

Elkasida - hayoti qiyinchilikka to'la, lekin tinmay mehnat qiladi.

Qovurg'asida – o'ng tomonida bo'lsa, jur'atsizlik, dag'allik, chap tomonida bo'lsa, hazilkashligi tufayli bu xususiyatlar ko'rinmaydi.

Belida – ochiq, to'g'ri odam, lekin vaysashni yoqtiradi.

Oyog'ida – jur'atsizlik belgisi.

Dumbasida – yalqovlik va ko'nuvchanchanlik.

Tovonda – ikkala tovonda bo'lsa, sayohatlarni yoqtiradi. Faqat o'ng tomonida bo'lsa, boshqa davlatlarni ko'rish orzusiga erisholmaydi, chapida bo'lsa, hayolga beriluvchanlik va hozirjavoblik.

Bu alomatlarga ishonish yoki ishonmaslik – sizning ixtiyoringizda. Muhimi, o'zligingiz, odamiyligingizni yo'qotmasangiz kifoya.

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 846 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта232 Ушли с сайта163 репутация сайта0.0
2 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта196 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
3 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта274 Ушли с сайта113 репутация сайта0.0
4 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта161 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
5 SAYYOD.COM
Пришли на сайта195 Ушли с сайта258 репутация сайта0.0
6 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта256 Ушли с сайта94 репутация сайта0.0
7 Oybek va Nigora
Пришли на сайта180 Ушли с сайта152 репутация сайта0.0
8 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта77 репутация сайта0.0
9 Автомобилестроение
Пришли на сайта175 Ушли с сайта81 репутация сайта0.0
10 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта156 Ушли с сайта101 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz