Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Shirin xurmo
14:28
Shirin xurmo
Shaharning gavjum va sershovqin bozorlaridan biri.
Ustiga uyum-uyum xurmolar terilgan bozor rastasi.
O‘rtaliqdagi joylardan birida lab-lunjiga ayamay bo‘yoq chaplagan, qirq yoshlardagi to‘lagina juvon savdo qilmoqda. Qo‘li-qo‘liga tegmaydi. 
Xaridorlar biroz siyraklashgach juvon yonidagi sotuvchilar safiga kechagina qo‘shilgan odmiroq kiyingan tengqur ayolga yuzlandi. 
— Xurmongizdan bitta tatib ko‘rsam bo‘ladimi?
U o‘ychan holatini buzmay tavakkal bir xurmoni olib uzatdi. 
— Yeb ko‘ring, judayam shirin.
Uning ovozi siniq eshitildi.
— Otingiz nima? — deb so‘radi u xurmoni ko‘ylagining yoqasiga artib ishtaha bilan tishlarkan, — mening otim Shohida.
— Meniki Hayotxon.
Hayotxon javob kutmay tez-tez gapirayotgan dugonasiga g‘alati qarab qo‘ydi.
— Siz qishloqdan kelganingizni yashirmas ekansiz...
— Nega yashirishim kerak?..
— Ayrimlar bor-da, shunaqa. O‘zini shaharlik qilib ko‘rsatgisi keladi. Lekin men unaqalarni bir qarashda ko‘zidan bilib olaman. 
Hayotxon indamadi. 
Ro‘parada to‘xtagan xaridorning og‘zidan so‘z kutib unga ilinj bilan qaradi.
— Shi-irin xurmo ekan, — dedi Shohida. 
U birinchi xurmoni paqqos tushirib. ikkinchisini qo‘lga olgandi. Hayotxonning indamay turganini eshitmagan gumon qilib gapini bir parda baland ovozda takrorladi.
— Xurmongiz shirin ekan. Kimdan oldingiz?
— O‘zimizniki...
— O‘zlaring ekkanmisizlar? — ishonqiramay so‘radi Shohida. — Rostdanmi?
— Ha, rost... 
— Qishloq joylar zo‘r-da! — dedi yana Shohida. — Men bir marta qishloqqa borganman. Aniqrog‘i, bir marta dalalarga chiqqanman. Bu menga judayam yoqadi. Sizgayam yoqsa kerak-a?
— Ha, — Hayotxon nima deyishni bilmay taraddudlandi. — Keng, tinch joylar...
— Agar imkonim bo‘lganda o‘sha yerlarga bosh olib ketardim. Keyin bu g‘ala-g‘ovur dunyosi bilan ishim bo‘lmasdi.
Rastada oluvchilar siyraklashib qolgandi. Ularning suhbati avjiga chiqdi. Hayotxon jag‘i-jag‘iga tegmay gapirayotgan Shohidaning fikrlarini bazo‘r ilg‘ab olardi.
— Ochiq-sochiq dalada bir o‘zim aylangim keladi. hech kim xalaqit bermasa... xayoling bo‘linmasa... Qo‘llaringni ikki yoqqa yozib yugursang... 
U qo‘llarini ikki yonga yozib turgan joyida o‘ng va chap tarafga burilib qo‘yardi. 
— Yugursang, yuguraversang... To‘xtamasang... 
Shohida bir narsani eslab qolgandi. U oxirgi so‘zni shodlik qiyofasidan hayrat holatiga o‘tib yarim ovozda aytdi. Hayotxon buni kutmagan edi, qalqib tushdi. 
— O‘shanda-chi... o‘shanda men eng chiroyli gulni o‘sha yerda ko‘rganman. Bir o‘zim aylanib yuruvdim. Botqoq joy bor ekan. O‘sha yerga bordim. Ko‘rsangiz, ko‘nglingiz ayniydi. Yaxshi joy emas ekan. Suvi sasib qolgan. Ko‘karib-mog‘orlab ketgan. Qamish-mamish, sho‘ra-mo‘ra bosgan. Lekin botqoqning chetida bir gul ochilgan. Gul yaprog‘i sal katta-da, qip-qizil... Borib hidladim. O‘tkir hidli gul ekan. Hidi dimog‘ni yoradi. Unaqa gul hech qaerda ochilmasa kerak. Hech qanaqa kino-minoda ko‘rsatilmaydi ham... Menga o‘shanaqa antiqa narsalar yoqadi. Qarang, chindan ham zo‘r-a?! Qarovsiz joyda chiroyli gul! Zo‘r-a!
Shohida hislarini aytib tugatolmasdi. U gapirish asnosida qo‘shnisining xurmosidan yeyishni ham to‘xtatmadi. Shohida savol nazari bilan Hayotxonga qaragancha beshinchi xurmoni paqqos tushirayotgandi.
— Xurmo ko‘nglimga uruvdi. Ko‘p yeganimdan shu kunlarda xurmoni og‘zimga solmagandim. Lekin bilmadim, bugun... sizniki shirin xurmo bo‘lgani uchun rosa yeyapman. qarang, manavisini danagi ham yo‘q! Tishingiz botmaydi. O‘ylanmasdan karsillatib tishlayverasiz! Bularingizni katta-katttaligini aytmaysizmi?! Qatorimizdagi boshqa xurmolarni qarang.To‘g‘rimizdagi xurmolar... — qo‘li bilan o‘sha tomonni ko‘rsatib: — Rangini ko‘ryapsizmi? Odamni tortmaydi. Hammasining ichida sizniki boshqacha...— Qarang, sizniki qizg‘ish, yaltiraydi. Xurmoning pishgani eziladi. Sizniki unchalik ezilmagan bo‘lsa ham rosa shirin! Shu paytgacha bunaqa xurmo yemagandim. 
Shohida Hayotxonga o‘z uyumidan xurmo olib uzatdi. 
— Mana buni yeb ko‘ring. Kecha maqtagan bozorchidan oluvdim. Yeng... darrov tishingizga tegadi. Bir marta yegandan keyin yana yegingiz kelmaydi. Serdanak, qattiq. Tishingizga tegadi. Molining kasalini egasi biladi-da! 
Shohida bu gaplarni to‘xtab-to‘xtab tanaffus bilan aytdi. Ora-orada xaridor bilan oldi-berdi qildi. Qizig‘i shunda ediki, Hayotxon hali biron kilo xurmo sotmagandi. Uning ro‘parasida to‘xtaganlar xurmoning narxini so‘rash bilan cheklanardi, xolos. Xurmolar ta’mi, ko‘rinishi, salmog‘iga yarasha arzon emasdi. 
Kech tushdi. 
— Bugun yaxshi savdo bo‘lmadi, — deya zorlandi Shohida. — Atigi o‘ttiz kilo xurmo ketibdi. Yaxshi emas... Bugun qudag‘aylarim keladi. Shu xurmongizdan besh kilo tortasiz. Manavi puli. Oling. Kechki savdongizni o‘zim qilay, shu bilan ochofatlik qilib yeganimga rozi bo‘lasiz. Qo‘lim yengil, o‘rgilay! 
— Xurmo sizdan aylansin...
Hayotxonning ovozi g‘o‘ldirab eshitildi. U chelakka xurmo solib no‘noqlik bilan tarozi pallalarini sozladi. 
— Necha kilo sotdingiz? Tugay deb qoldi-mi? —deb so‘radi Shohida.
Ular qo‘shnichiligining beshinchi kuni edi.
— Sizdan boshqa hech kim olmadi. Narxiniyam... narxini ham sag‘al tushirdim... baribir... 
— Xafa bo‘lmang, o‘rgilay. Sizning xurmolaringiz hammanikidan zo‘r! Bu bozorda bunaqasini topolmaysiz... sizning xurmolaringiz boylarniki... Ya’ni tishini asraydiganlarniki-da! Bu bozorga faqat past... anaqalar keladi. Unaqalar sizning xurmolaringiz qadrini bilmaydi. O‘zi, aslida xato qilgansiz. Xurmolaringizni bu bozorga bekor olib kelgansiz! Huv, narida boylarning bozori bor! Sal yurganingizda... O‘sha yoqqa borganingizda... Omadingiz choparmidi. Ular chertib-chertib, saylab-saylab oladi. Ular saragini sarakka, puchagini puchakka ajrata olishadi-da. Bularingiz ichida shakari borday. Bular unaqasini qayoqdan ham bilsin. Mana men siznikidan yeb, tatib ko‘rib, yoningizda turib yaxshi bilib oldim. Haliyam kech emas. O‘sha bozorga boring, o‘rgilay. Sizning joyingiz o‘sha yerda!
Hayotxon o‘ylanib qoldi. 
Izg‘irin oqshom boshlangandi. Unda tuni bilan o‘ylab olish imkoni bor edi. O‘ylab bir qarorga kelish uchun bir necha tun ortda qoldi. Ammo nedir mujda kutib Hayotxon shu bozorda qoldi. Ketishga jur’at qilmadi. 
Ikkinchi haftaning oxirlarida Hayotxon Shohidaning o‘kinchli so‘rog‘ini eshitib tovonigacha muzlab ketdi:
— Ellik kilo xurmoni haliyam sotib tugatolmadingizmi? Aytuvdim-a?!

Muallif: O‘zbektosh Qilichbek

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 583 | Добавил: Bepul_net | Теги: HAYOTIY HIKOYALAR, хикоя, Hikoya, ХАЙОТИЙ ХИКОЯЛАР, хикоялар, хадислар, bo'lgan voqealar, Hikoyalar, булган вокеалар, xadislar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.HAYOL.UZ
Пришли на сайта275 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
2 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта194 Ушли с сайта74 репутация сайта0.0
3 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта166 Ушли с сайта107 репутация сайта0.0
4 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта255 Ушли с сайта94 репутация сайта0.0
5 Shahzoda
Пришли на сайта172 Ушли с сайта45 репутация сайта0.0
6 MP3UZ.NET
Пришли на сайта187 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
7 Автомобилестроение
Пришли на сайта172 Ушли с сайта79 репутация сайта0.0
8 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта154 Ушли с сайта99 репутация сайта0.0
9 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта170 Ушли с сайта139 репутация сайта0.0
10 Diana Gafarova Rasmi...
Пришли на сайта191 Ушли с сайта156 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz