Ushbu dieta 1 haftaga mo'ljallangan bo'lib, uning natijasida 5 kg vazn yo'qotish imkoniyati mavjud. 1 - kun: Ichimliklar kuni Bu kunda faqat suyuq taomlar bilan oziqlanish kerak. Ya'ni sharbat, suv, choy, sut, qatiq va hokazo. Suyuqliklarga shakar qo'shmaslik muhim. 2 - kun: Sabzavotlar kuni Kun mobaynida istagan hajmda faqat sabzavotlardan yeyish ruxsat etiladi. Tuz va yog' qo'shmaslik kerak. 3 - kun: Ichimliklar kuni 4 - kun: Mevali kun Bu kunda mevalardan iste'mol qilish kerak. Yog'larni ketkazishda yordam beradigan sitrus mevalar haqida unutmang. 5 - kun: Oqsil kuni Baliq, tovuqning yog'siz go'shti, tvorog, tuxum, yog'i olingan mol go'shti va oqsil moddasiga boy boshqa mahsulotlardangina iste'mol qilish talab etiladi. 6 - kun: Ichimliklar kuni 7 - kun: Dietadan chiqish kuni Nonushtaga 2 dona qaynatilgan tuxum bilan shakarsiz choy ichiladi; Ikki soatdan so'ng bir dona sevimli mevadan yeyiladi; Tushlikka yengil sho'rva ichiladi; Ikki soat o'tgach yana bir dona meva yeyiladi; Kechki ovqatga zaytun yog'iga qorilgan sabzavot va ko'katli salat yeyiladi. Ertasi kuni ertalab ozganlikdan bahramand bo'lsa bo'ladi.
Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.
Нравится
REKLAMA QO'YILADI |