Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » "Orzularim" Sevgi haqida hikoyalar
16:42
"Orzularim" Sevgi haqida hikoyalar
Orzularim bir kun kelib amalga oshishiga umuman ishonmasdim ammo hammasi ollohdan chin dildan qilingan niyat albatta amalga oshishiga endi ishondim Mening ham u haqidagi orzularim ko’p edi amalga oshishini tasavvur ham qilmagandim ammo amalga oshdi Agarda mening sevgi tariximni o’qisangiz orzu amalga oshishiga yana bi bora guvoh bo’lasiz U paytlar juda yosh edim Maktabdagi sinfdoshimdan konsert disk oldim Hamma konsertni ko’rib bo’lib oxiridagi guruh nomiga ko’zim tushdi avvaliga ahamiyat qilmadim zerikib ketgach usha guruhning konsertini ko’ray deb konsertni qo’ydim Guruhdagi bollar birin ketin chiqishdi va oxirgi chiqayotgan guruh azosi etiborimni tortdi unga tikilib qarab qoldim chunki u guruhdagilardan tubdan farq qilardi U kulib sahnaga chiqib kelardi bir ko’rdim-u nima bo;ldi bilmadim-u yuragim tez ura boshladi o’zimga-o’zim Sanga nima bo’votti degancha konsertni tomosha qildim ashula ham aytayotganlar ham meni qiziqtirmasdi ko’zim faqat usha guruh azosida ko’zim faqat uni ko’rardi konsert tugagach yana qaytadan ko’rdim O’zi bu guruh qaysi guruh edi avval bu guruhni ashulasini eshitganmidim yoki yo’qmi U kim edi ismi nima deb o’zimga o’zim savol berdim Kechasi uxlash uchun yotdim-u lekin uxlolmadim hayolimda faqat u edi uning kulishi,yurishi,gapirishi kechasi bilan uni o’yladim tushimga kirdi U oq otda uyimiz yonida meni kutayotganmish men esa u tomon yugurib kelayotgan ekanman u menga qarab Sizni uzoqlarga olib ketaman dermish shunda oyimning turg’izishlaridan turib kettim Bugun dushanba maktab Ertalabdan maktabga shoshildim chunki meni ikki chin do’stim bor Ularga sevib qolganimni aytish uchun Maktabga keldim hali ular kelishmabdi Ichimda ularga qanday gap boshlasam ekan qanday qabul qilisharkin deb o’yladim Ikkalasi birga keldi Ularga hursand bo’lib O’rtola man sevib qoldim desam ula hursand bo’lib yo’g’e diyishdi Men ham ha dedim chunki sevib qolishimga hech kim ishonmasdi ayniqsa meni yaxshi bilgan do’stlarim Ular kim?oti nima? Deb so’rashdi Men u bola taniqli guruh azosi ekanligini etsam Ular kulishdi nima yaqinroda hich kim yo’mi sevgani Kelib-kelib qo’lin yetmidigan narsaga qo’lini cho’zasammi diyishdi Ulani gapidan hafa bo’ldim lekin ulani gapida jon bor U taniqli yulduz men esa oddiygina muhlisman dedim ichimda Lekin ularga sevgim chinligini aytganimdan keyin ular ham sevgimga ishonishdi Ertasi kuni chin do’stim usha guruhning yangi konsert diskini olib keldi U diskdagi konsert boshqacha men sevgan bola ham yangi imidjda ekan yanada yoqib ketti ayniqsa uning qiladigan qiliqlari yoqdi hatto yod bo’lib ketti Har kuni maktabga borganimda do’stlarim bilan birga sevganimiz haqida gaplashardik Men ham u haqida gapirardim Har kuni guruh haqida yangiliklar eshitardim Eshitishimcha guruh anchadan beri ijod qilib ashulalarini,rasmlarini internetdan olish mumki konsert berishni endi boshlashgan ekan Bu guruhni hamma yaxshi ko’rardi ayniqsa qizlar chunki guruhdagilar juda chiroyli yigitlar edi Sekin-sekin guruhning kliplari kanallarda aylandi Har kuni kliplar to’plami boshlanishi bilan Uni ko’rish uchun kliplarni qoldirmay ko’rardim Yaqin do’stim yangi telefon oldi Uni telefonidan usha guruhdagilarning suratlarini oldik yangi shulalarini ham Har kuni tanaffusda rasmlarini tomosha qilardim har xil ko’rinishda tushgandi rasmlariga qarab haqiqatan chiroyli ekanligini bilardim Ashula eshitganda u aytadigan joyida u bilan qo’shilishib aytardim Yaqin do’stlar uchtamasmizmi guruhdagilar ham uch kishi Men u bo’lardim qolgan guruh azolari do’stlarim bo’lardi tanaffusda yolg’iz qolib o’zimizcha ashula etardik Uyda bu guruhni eshitaverganimdan oyim ham bu guruhni yoqtirishimni bildilar Har kuni baland qilib eshitsam buvim guruhni yomonlayverardilar Men esa parvo ham qilmay baribir eshitaverardim Singlim ham uni yoqtirishimni bildi va sinfdoshlaridan guruhdagilarning rasmlarini olib keldi rasmlarini har kuni kechasi uxlashdan oldin ko’rardim uxlashdan oldin ko’rpaga o’ranib U haqida o’ylardim Keyin amakivochamga ham u haqida aytdim ular menga usha guruhdagilarning raqmini berdilar Ertasiga maktabga borgach o’rtog’imni telefonidan qo’ng’iroq qildim javob bo’lmadi Uyga kelsam hech kim yo’q ekan singlim bilan yana qo’ng’iroq qildik Shunda kimdir oldi Men hursand edim Allo deganidan keyin haqiqatdan u ekanligini bildim juda hursand edim Zilola bormi deb so’rasam U Mayin ovozda adashib tushibsiz dedi Men mayli uzur deb telrfonni qo’ydim O’sha kuni kechgacha hursand kayfiyatda yurdim Uni ovozi ashula aytgandan ham boshqacha edi Ertasi kuni yaqin do’stlarimga bu haqda aytdim Ular ham gaplarimdan hursand bo’lishdi Bu guruh sekin sekin hamma ko’rsatuvlarda chiqadigan bo’lishdi Ko’rsatuvda chiqsahursand bo’lardim chunki hech bo’lmasa tilivizrda ko’raman derdim Bir kuni reklama bo’ldi reklamada honandalar aktyorlarga qarshi futbol o’ynasharkan yaxshilab qarasam uni ko’rib qoldim u guruhdagilar ham futbol o’ynarkan Bu futbolga biletlar sotilarkan judayam borgim keldi chunki hayotda ko’rishni orzu qilardim Oyimga aytsam qo’ysangchi dedilar Adamga ham aytdim Ular bir ilojini qilaman dedilar futbolga uch kun qolganda bilet olib berdilar Men bir yaqin do’stimga ham bilet oldim Futbol bo’ladigan kun maktabga bordim va yaqin do’stlarimga hursandligimni aytdim Ikkalasi u bilan men haqimda hazillashishdi Bitta do’stimga bilet olib ikkinchisiga olmaganim uchun unga bilet yo’qligini aytsam U hafa emasligini aytdi chunki usha kuni jiyanini tug’ilgan kuniga borarkan Uyga kelgach tezroq soat uch bo’lishini kutdim chunki bir qarindoshim bizni olib boradi u uchda kelishini atgandi Sinfdoshim ham keldi Men,sinfdoshim,singlim,amakivocham,ukam birga hammamiz futbolga bordik Futbol boshlandi U maydonga chiqib keldi Men hursand edim Orzuim amalga oshdi deb ichimda o’zimga aytdim Futbolni yaxshi ko’rganim uchun futboldagi holatlarni bemalol bilardim U yaxshi o’ynarkan dedim o’zimga Futbol tugaguncha undan ko’z uzmadim Yuziga ko’ziga ahamiyat berib qarardim Futbol tugagach hamma ishtirokchilar birin ketin stadiondagi muhlislarga salom qilish uchun setka atrofida sekin aylanib muhlislarga salom deyishardi U men o’tirgan joyning to’g’risiga kelib salom deb qo’lini silkidi Hamma o’rnidan turib unga qo’l silkidi Men esa joyimdan turmay o’tiraverardim U men tarafga tikilib qoldi Men ham unga qarab turardim Ichimda nahotki u menga qarab turibdi deya hursand edim U haliyam menga qarab turardi shunda yonidagi do’sti uni itarib setka oldidan olib ketardi Men unga qarardim U ham to’g’riga yurardi-yu ammo ko’zi orqada edi qarab ketardi Men esa ichimda Qaniydi yonimga kelib meni qo’llarimdan tutib sizni sevib qoldim desaydi derdim Keyin o’zimni qo’lga oldim qo’ysangchi bekorchi hayollarni derdim o’zimga Uyga kelguncha U haqida o’yladim Nega umenga bunchalik tikilib qaradi?Qanidi uni do’sti itarmaganida edi uni yanayam yaxshiyor to’yib ko’rib olarmidim dedim Yotayotganda har doimgidek ko’rpaga o’ranib u bilan o’zim haqimda o’ylardim turli hil hayollar qilardim Hayolimda u meni bir ko’rib sevib qolgan hozir meni o’ylayapti shunga o’xshash shirin hayollar og’ushida uxladim Ertalab maktabga kelib futbolga bormagan do’stimga bo’lgan voqealarni aytdim Uyga kelgach oyimni telefonlaridan radioga kirib naushnikki taqib ish qilayotgandim men sevgan guruh ashula aytayapti Men ham bilgandek U aytadigan joyida qo’yibman Hursand bo’lib baqirib birgalashib ashula aytdim Tug’ilgan kunim tobora yaqinlashardi bundan hursand edim chunki uydagilar telefon olib berishmoqchi edi Agar olib berishsa uning rasmlari bo’ladi ashulalarini eshitaman deb o’ylardim Tug’ilgan kunim ham keldi Kechasi radioni qo’ydim salat tayorlab eshitayotsam U va guruh zolari jonli muloqotda ekan Huddi atayin men uchun sovg’adek tug’ulgan kunimda bo’lganidan hursand bo’ldim baland qilib uning ovozini eshitdim Uydagilar telefon olib berishmadi Bundan hafa bo’ldim chunki u haqda qilgan hayollarimning hammasi puchga chiqdi Eh mayli dedim chunki har kuni oyimning radiolarida uni eshitaman-ku Bir kuni yana shunday jonli muloqotda do’stim ularga sms yozdi Sevganingiz bormi? Deb Radioda savol o’qildi Guruhdagilar birin ketin jovob berishdi oxiri u jovob berdi Men diqqat qilib eshitib o’tirardim chunki sevgani bo’lsa undan voz kechishga to’g’ri keladi Shunda u yo’q deb jovob berdi Men hursand bo’lib ketdim Maktab ham tugadi Men qo’shimcha ingiliz tiliga qatnashardim Kanikul payti bir o’zim u yerga borib kelardim Shunday kunlarning birida U yerga borib ustozni kutib o’tirsam Bir bola zinadan tushib kelardi Unga boshida ahamiyat bermadim ammo yaqinlashganda kitobdan boshimni ko’tarib unga qarasam U ekan Men hayron edim chunki u shundoq yonimdan o’tib ketayotgandi Ichimda rostanam bu umi deb savol berardim U ham menga bir qaradi va achkisini taqib ko’chaga chiqib ketdi men esa uning ortidan termulgancha qarab qoldim Ustoz meni chaqirgach o’rnimdan turib ustozni oldilariga bordim Dars davomida ustozdan sekin so’radim Ustoz boyagi bola anavi mashhur guruhdagi bolami desam Ustoz Ha o’sha Gastrolga borarkan shuning uchun ingiliz tilini o’rganmoqchi ekan dedilar Men esa Ustoz til markazlarida o’rgansa bo’lmaydimi desam Ustoz menga kulib U meni qarindoshim shuning uchun meni yonimga kelibdi o’rganishga dedilar Men ustozdan unga oid savollarga javob oldim Uyga kelguncha o’zimga ishonmasdim Nahotki u men o’qiydigan joyga kelsa?Nahotki endi men uni har haftada uch martta ko’rsam deb Hursandchiligimdan yig’lab yubordim Uyga keliboq ikki do’stimga qo’ng’iroq qilib aytsam Ular jinni bo’lib qolishdi Voy sen o’qitdigan joyga keldimiHar hafta ko’rasanmi deb hursand bo’lib savol berishdi Men ham ularga hursandligimni aytdim Ish qilarkanman yana uni hayol qildim keyi tezroq payshanba kelsin dedim chunki o’sha kuni ingiliz tilim bor uni ko’raman dedim Payshanba kuni ingiliz tiliga borsam U men o’tiradigan joyda o’tiribdi Men nima qilishni bilmadim chunki usha o’rindiqdan boshqasi yo’q U eshik tarafga qaradi yani menga Men esa yerga qarab sekin kirib keldim U o’rnidan turib keling o’tiring deb kulib qo’ydi Men esa Yo’q rahmat desam Kelin endi o’tiring deb hazillshdi Men o’tirdim U men o’tirgan o’rindiqning to’g’risidagi devorga suyanib shunday dedi Meni taniysizmi Men ham Ha dedim U esa hazil aralash chin Meni ko’rganda o’zidan ketmagan menga o’zini otmagan mendan dastxat olmagan birinchi qiz sizsiz dedi Men esa ichimda namuncha osmondagi yulduz deb o’ylaydimi deb kuldim Keyin esa unga jovoban Siz ham oddiy odamsiz sizda ham menga o’xshab ikkita qo’l,ikkita ko’z bor Yo nima sizda burun to’rttami yoki oyog’ingiz uchtami Oddiy odamsiz faqat tilivizrga chiqishizzi,taniqli guruh azosiligingizni aytmaganda desam Menga tiklib qarab turdi shunda ustoz ikkimizni ham darsga chaqirdilar Men hayronman chunki uni darsi menikidan oldin bo’lishi kerak edi Ustozni yonlariga kirdik Ustoz uzur bugunchalik ikingizni darsingiz bittada bo’ladi shunday bo’lib qoldi dedilar Men bilan u yonma-yon o’tirdik Ustoz doskaga narsa yozardilar U esa menga sekin qarab qo’yardi buni sezsam ham indamay o’tirardim Dars tugagach ikkimiz bittada turdik Ko’chaga chiqgach U mashinasini yoniga kelib oborib qo’yaymi dedi Men esa yo’q rahmat men oddiy avtobusda oddiy odamlardek ketaman deb yo’lda yurib kelayotsam u ham orqadan yonimga keldi Men mashinangiz qani desam U kulib Oddiy odamlarda mashina nima qilsin deb kuldi Men ham kuldim Avtobusga chiqdik men o’rindiqda o’tirdim u esa tepamda turardi Ko’zimni yumib bu tushmasmikin u meni yonimdaligiga ishona olmayman deb chuqur horsindim shunda u sekingina qo’limga tegib uxlab qolmang yana dedi Men unga jahl bilan qarab uxlamayamman desam U ham menga qarab Nima unaqada nima qivos didi Men sizga nima desam U menga kulib qarab iye sinifdosh axir do’stmiz-ku sir bekitma dedi Men esa Nima? Qanaqa sinfdosh qanaqa do’st desam U Nima bir joyda o’qisak sinfdoshmiz sinfdoshlar do’st bo’ladi dedi Men esa yrtib keldim deb avtobusdan tushdim u esa oynadan qarab turardi Uyga kelguncha quvonchdan yig’lardim U men bilan yonma-yon dedim Shunday qilib yana dars bo’ladigan kun keldi Men darsga keldim u esa darsda edi u chiqgach men darsga kirdim darsdan chiqib ko’chaga chiqsam u bir o’zi turibti U menga qo’lini silkitib Salom dedi Men indamay yurayotsam ortimdan kelib nima oldingi aytgan gapimdan hafamisiz dedi Men yo’q hafamasman lekin o’g’il bolalar bilan gaplashmayman dedim U siz niyatimmi yomon deb o’ylamang men faqat do’stim bo’lishini istayman holos chunki do’stim yo’q dedi Men esa menda bor deb tez tez yurdim U ortimdan kelib iltimos bitta siz meni oddiy qabul qildingiz do’st bo’laylik nima shunchalik qiyinmi kimgadir do’st bo’lish dedi Men ich-ichimdan do’stlashishni istardim ammo o’rganib qolishdan qo’rqdim Unga yana yo’q dedim Iltimos faqat do’st bo’lamiz dedim-ku dedi Men esa nolioj do’st bo’ldim Darsimizni bir vaqtga qo’ydik Shunday qili haftada uch martta u bilan ko’rishadigan bo’ldim va yana u har safar mashinasiz keladigan bo’ldi yo’li teskari tarafga bo’lsada men bilan avtobusda ketadigan bo’ldi uy raqamimni oldi har gal uy ishlarini tshunmasa qo’ng’iroq qilib so’rardi Uydagilarga do’stim derdim Bir kuni uyimizda yig’in bo’ldi yig’in tufayli darsga bormadim keyin darsga borsam u hafa qiyofada qaradi va Ha endi biza oddiy do’stmizade o’ylamaselayam bo’ladi deb tegishtirdi Men ham kulib O’ oddiy do’st darsga sababli kemadimsababsizamas dedim kulib U ham kuldi Dars tugadi ko’chaga chiqsak yomg’ir yog’yapti men bilganim uchun zo’ntik olgandim Zo’ntikni ochib tutsam u ham yugurib zo’ntik tagiga kirib oddiygina zo’ntigingizda oddiy odamlarga oddiy joy bormi? Dedi Men Ha bor deb zontikni utarafga ham burib U bilan avtobus bekatigacha birga keldik va u qo’lini chapga qarata bugun men o’sha tarafga dedi men esa o’ngni ko’rsatib men bu yerga deb avtobusga chiqdim Keyingi darsda u kelmadi kelar deb eshikka qarab o’tirdim ammo kelmadi Ustozdan nega kelmadi desam Gastrolga ketibdi bir haftadan keyin kelarkan dedilar Bir hafta kunim zerikarli o’tdi Bir hafta o’tdi Darsga bordim U yana yo’q ekan Darsdan homush chiqib ko’chaga chiqsam U kulib menga qarab turibdi yana har doimgidek Salom dedi Men ham salom dedim U mensiz zerikmadingizmi? Dedi Men hecham sizsiz maza qildim dedim U sekin qo’lida berkitgan narsasini menga uzatib sayohatga borganimda siz uchun olib keldim sizga yoqar dedi Rahmat dedim Avtobus bekatgacha ketayotganimizda o’zidan-o’zi Sevganingiz bormi deb so’radi Men Ha bor faqat Men uni sevaman u esa sevishimni bilmaydi desam U ey nima qilasiz sevishingizni bilmasa maslahatim sevadiganini seving deb kuldi Men esa undan boshqasini sevmayman dedim Avtobusga chiqgach hayrlashdik Keyingi darsda ustoz unga qarab yaxshiyam kelding partadoshing sensiz zerikdi desalar u menga qarab Yo’g’e zerikltilami dedi Ko’chaga chiqgach Aldoqchi mensiz zerikibsiz-u dedi Men ham Ha zerikib kettimey deb hazillashdim U bilan avtobus bekatga kelayotsak yana savol berdi Mendek yigitni sevarmidingiz dedi Men yo’g’e sevmasdim deb hazilomus gapirsam Men jiddiy gapiryapman dedi Men javob bermadim Ammo u qo’limdan ushlab yuragiga qo’ydi keyin esa kozimga qarab Lekin men sizni sevardim hozir ham oldin ham keyin ham sizni sevaman birinchi ko’rishganimiz esingizdami balki siz eslamassim ammo men kechagidek eslayman stadionda menga tikilib qarab o’tirgan qizsiz o’sha kundan beri sizni o’ylamagan kunim yo’q sevib qolganimni anglagandim Sizni ingiliz tili o’qishga kelganimda ko’rganimda to’g’risi umuman g’alati bo’lib ketgandim Siz bilan gaplashganimga ishona olmasdim Siz uchun o’zgardim Men sizni birinchi ko’zim tushgan paytdan beri sevaman Sizni sevishimni aytmasam o’zimni notinch his qildim dedi Men esa bu gaplarni umuman kutmagandim faqat yig’lardim chunki bu gaplar juda yoqimli edi U menga qarab bilaman sevganingiz bor ammo men uni bilsamda sizni sevaman dedi Men unga U sizsiz dedim Shunda qanday qilib dilimdagi tilimga chiqqaniga hayron edim shuning uchun uyalib yerga qaradim U qo’li bilan iyagimdan ushlab tepaga ko’tardi va menga yaqin kelib Nahotki menman dedi Men indamasdim Siz meni sevasizmi yoki bu ro’yomi deb ko’zlarini ko’zimga qaratdi U kulib men juda hursandamn chunki sevgingiz menga ko’zingizdan ayon bo’ldi dedi Men ham dilimdagilarni aytdim Uni sevib qolgan kunidan boshlab hammasini aytsam U gaplarimni eshitib Siz meni sevasiz deb o’yamasdim hatto tasavvur qilmasdim dedi O’sha kundan boshlab biz do’stlardan sevishganlarga aylandik Men o’qishga kirdim U har kuni o’qishga kelib meni ingiliz tiliga olib ketardi O’qishdagilarning hammasi oynadan qarab turishardi chunki taniqli guruh azosi meni olib ketgani har kuni kelardi Ikki yaqin do’stim ham mening orzularim ushalganidan sevinishardi Men ham hozir juda hursandman chunki u har kuni men bilan birga yaqinda to’yimiz ham bo’lib qolishi mumkun chunki sovchi jo’natdi Men ilgari orzularim ushaladi deb umuman o’ylamasdim qilayotgan orzularim oddiy hayollar deb o’ylardim ammo hamma narsa ollohdan chin dildan qilingan niyatlar albatta amalga oshadi Siz ham orzu qilishdan to’xtamang!!!!
Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI | Просмотров: 981 | Добавил: Bepul_net | Теги: sevgi haqida, севги, севги хакида, love history, sevgi, sevgi nima o'zi?, Dramma, sevgi hikoyalari, love, севги хикоялари | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта74 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
2 Shahzoda
Пришли на сайта100 Ушли с сайта28 репутация сайта0.0
3 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта120 Ушли с сайта37 репутация сайта0.0
4 MP3UZ.NET
Пришли на сайта112 Ушли с сайта39 репутация сайта0.0
5 Мультимедиа
Пришли на сайта101 Ушли с сайта41 репутация сайта0.0
6 SAYYOD.COM
Пришли на сайта127 Ушли с сайта204 репутация сайта0.0
7 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта96 Ушли с сайта113 репутация сайта0.0
8 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта92 Ушли с сайта65 репутация сайта0.0
9 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта86 Ушли с сайта81 репутация сайта0.0
10 WWW.BEPUL.NET
Пришли на сайта129 Ушли с сайта63 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2021 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz