Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 22 » Гўшакдаги мухаббат...
09:28
Гўшакдаги мухаббат...
Assalomu alaykum Sardor aka , menga juda ham sizni maslahatingiz va muhlislaringizning maslahati , kerak.. Bilaman hamma narsani ochiq gapirasiz, do`st achitib gapiradi deyishadi-ku, shunga ham sizdan maslahat so`ramoqdaman. Balki meni ko`zimni shira bosib haqiqatni ko`rmayotgandirman, iltimos maslahat beringlar.

Men balki bu narsalarni yozib katta xatoga yo`l qo`yayotgandirman, lekin nimagadir shu narsalarni yozmasam bo`lmaydigandek tuyuldi menga. Bu voqeaga unchalik ham ko`p muddat bo`lmagandek nazarimda, chunki bu narsalar kechagidek yodimda.

Bu voqea 2007 yilning ohirgi oylarida, yani dekabr oyining o`rtalarida sodir bo`ldi. Har doimgidek o`qishdan qaytib oila a`zolarimiz bilan birgalikda ovqatlanib o`tirgan edik. Shu vaqt telefon qo`ng`irog`i bo`ldi. Tabiiyki uyda katta insonlar bo`lsa ular javob berishadi qo`ng`iroqga, go`shakni katta opam oldilar  va bir ozdan so`ng meni so`rashayotganini aytdilar.Go`shakni ko`tarib kimligini so`radim va u inson esa meni ismimdan bir harfni olib tashlab, o`g`il bolani so`rayotganini menga aytdi. Rosti o`sha vaqtda judayam jahlim chiqdi, meni ustimdan bu tarzda uni kulishga qanday haddi bor deya, jizzakilashdim. Men o`zimni bosib olgan tarzda, unga bunday odam bu  yerda turmasligini, aytib go`shakni joyiga qo`ydim. U bo`lsa yana qo`ng`iroq qildi, tabiatan bir oz tezroq va kesatib gapiradigan odatim bo`lgani sababli uni ham bir-ikki o`zimni shirin gaplarimni gapirib bu yerga boshqa qo`ng`iroq qilmasligini so`radim. U bo`lsa nima, meni yana qo`ng`iroq qiladi deb o`ylayapsizmi ? - deb menga qo`pol muomalada bo`la boshladi.  Men go`shakni joyiga ilidim va u boshqa qo`ng`iroq qilmadi.

Oradan kunlar o`tib yana o`sha men bilan qo`pol munosabatda bo`lgan yigit, bu safar men bilan tanishgani  ayni vaqtida kech soat 22:40 da qo`ng`iroq qildi. Tabiiyki meni bundan jahlim chiqdi va o`z zaxrimni sochib oldim. Va yangi yil arafasida yana o`sha tanish bo`lib qolgan ovoz qo`ng`irog` qildi. Bu safar bilmadim men bilan nima sodir bo`lganini, lekin o`zim bilmagan holda gaplasha boshladim. U menga o`zi haqida ozgina gapirib beridi va men bilan do`st bo`lmoqchiligini aytdi. Men bo`lsam bu narsa tasodif emasligini  ich ichimdan his qilardim. Men undan meni raqamim unga qanday qilib tushib qolganini so`radim u bo`lsa har hil maynavozchiliklar qilib menga bir bohonani o`ylab topib aytdi.

Shu tariqa men u bilan gaplasha boshladim. 3 kun gaplashganimdan keyin , o`zimga o`zim yo`q bu narsani kech bo`lmasidan to`htatish kerak deb, keying safar qo`ng`iroq qilganida albatta chuntirmoqchi bo`ldim. Va unga buni ayni 31 dekabr kuni yangi yil kirishiga sanoqli daqiqalar qolganida aytdim, u bo`lsa hech narsaga tushunmasdi. Bitta gap Nega? Nega? Nega?  Men undan boshqa hech qachon qo`ng`iroq qilmasligini so`radim va biz Shu tariqa hayrlashdik.

Albatta qishki ta`til kunlari, odam ozgina zerika boshladi. Rostini aytaman, u to`g`risida ham o`yladim . Kim u o`zi? Nima maqsadda menga qo`ng`iroq qilmoqda. Albatta savollar ko`p, lekin unga kim javob beradi. Oradan 10 kun o`tib yana o`sha yigit menga qo`ng`iroq qildi. To`g`ri ozgina hursand ham bo`ldim. Va biz yana gaplasha boshladik.  U menga har kuni bir necha marotabalab qo`ng`iroq qilardi.

Men bo`lsam uni qo`ng`irog`ini kutadigan bo`lib qoldim, agar u qo`ng`iroq qilmasa havotir olardim. Bu voqealarni o`zimdan katta bo`lgan opamga aytib berdim, u bo`lsa menga shunday ajablanib qarardiki men bu qarash nimani anglatishini bilardim. Ha meni bunga qadar hech qanday yigitim yoki bu qadar yaqin gaplashadigan insonim bo`lmagan,Maktab vaqtida ortimdan yugurgan yigitlarning son sanog`I yo`g` edi lekin shunga qaramasdan ,  men o`zimga yigitlarni umuman yaqin qo`ymasdim, men  chiroylik qizman, hattoki dugonalarimning orasida menga hasad qiladiganlari ham topiladi. Yigitlarning shu qiz meniki bo`ladi degan gapiga qarshi borib hech kim bilan gaplashmasdim.  Lekin nima bo`lib men bu yigit bilan gaplashayotganimga o`zim ham tushuna olmasdim. U meni uchrashuvga taklif qila boshladi. Men esa so`zsiz bu taklifni rad etardim. Takliflarni keti ko`rinmasdi++..Balki  bu yigit meni ko`rmagani sababli ham men u bilan gaplasha boshlagandirman.

Shu tariqa biz juda ham uzoq gaplashdik, orada qattiq urushishlar ham bo`ldi. Men umuman u bilan gaplashishni to`htatib ham qo`ydim. Lekin keyinchalik kechirdim. Bu orada u o`qishni tugatdi va meni o`zini diplom olish marosimiga taklif qildi. Har doimgidek bu taklif ham rad etildi.

O`qishni tugatganidan keyin, ish yuzasidan  uni boshqa viloyatga jo`natadigan bo`lishdi. Va shu ketish oldidan mendan bir bora uchrashishni so`radi va menga berishi kerak bo`lgan juda ham zarur narsasi borligini aytdi. Men rozilik berdim faqat u ketishidan keying kuni vaqtim borligini aytdim, va uzur dedim. U bo`lsa jim bo`lib qoldi. Va o`sha kuni men hozir mahallangga boraman, pastga tush dedi, tabiiyki men kutmagandim, uni bir kun oldin ketdi deb o`ylagandim. Meni hech qanaqa uchrashuvga chiqish niyatim yo`q edi aslida. Va shu sababliy men yana bir narsalarni o`ylab topishga harakat qila boshladim.  Uni bo`lsa sabr kosasi to`ldi shekillliy menga baqira boshladi.  Va bazi bir haqiqatlarni jahl ustida aytib yubordi,yani menga tasodifan telefon qilmaganini, meni ko`rib yoqtirib keyingina telefon qilganini jahl ustida aytib yubordi. Men aynan shu narsadan qo`rqardim, yani kun kelib bu narsalar tasodif bo`lmasachi deb o`ylardim. Men bunaqa bo`lishini kutmaganim uchunmi, endi men baqira boshladim, Va bor haqiqatni aytishini talab qila boshladim. U bo`lsa hotirjam uchrashganda bilasan bor haqiqatni deya hech narsa aytmadi, shundan so`ng men umuman uchrashmaslikka qaror qildim. Biz uchrashmadik va u ketdi. Lekin u yerdan ham menga qo`ng`iroq qilib turardi. 

Men hali litseyda o`qib yurgan paytim uni bu yil oily o`quv yurtiga kiraman deya aldadim va o`qishga kirdim ham dedim. U meni har hil og`aynilariga qo`ng`iroq qildirib tekshirardi, men kim bilandir gaplashamanmi yoki yo`q.  Va shu tariqa men litseyni rostan bitirdim va oily o`quv yurtiga kirishga tayyorgarlik ko`ra boshladim.. Omadim 2 barobar chopib men boshqa davlatda o`qish uchun grant yutib oldim. Oliy o`quv yurtiga kirish arafasida biz yana qattiq urushib qoldik, to`g`rirog`I u meni qattiq hafa qildi, shu sababli ham men unga bu haqida hech narsa demadim, hattoki hayrlashmadim ham. Men boshqa davlatga uchib ketdim, lekin uni juda ham sog`inardim. U bilan bir marta ham uchrashmaganim uchun o`zimni o`zim koyirdim. Har safar uydagilar bilan gaplashganimda uni qo`ng`iroq qilayotgani yoki yo`ligini so`rardim, va har doim bir hil javob olardim. Uzluksiz....!Lekin uni ham bir kun kelib bu narsalar joniga tegishi haqida o`ylab ham ko`rmagandim. Oradan bir yil o`tib Toshkentga yozgi ta`tilga bordim va albatta o`zimga o`zim bu safar u bilan uchrashaman deb so`z berdim. Yoz juda ham chiroylik o`tyapti, va nihoyat o`z uyimda ota-onam bag`ridaman, hamma meni kelganimdan hursand , hamma menga qo`ng`iroq qilib men bilan uchrashishni hohlayapti, lekin men uni qo`ng`irog`ini kutardim.

3 oylik yozgi ta`til ham tugadi. Tasavvur ham qila olmaysiz, u bir bora ham qo`ng`iroq qilmadi. Men bo`lsa yana o`qishga ketishim kerak.  Bu yil kelganimda meni uy raqamim bilan bir hil bo`lgan raqamdan kimdir uzluksiz qo`ng`iroq qilishni boshladi, va  har hil sevgi izhorlari yozadi, lekin hech ham gapirmaydi. Londonda ham o`zbeklar juda ham ko`p , bu yerda ham meni oshiqlarim ko`plab topiladi, lekin men ularga meni Toshkentda yigitim bor deb javob beraman, ular bo`lsa nima qipti hozirgi kunda yigiti yo`q qizning o`zi yo`q deb javob berib meni holi jonimga qo`yishmaydi. Hali telefon raqamimni bilishga harakat qilishadi, hali kinoga taklif qilishadi. Lekin meni hayolimda doimo u , meni sirliy shaxzodam. Uni qanchalik unutishga harakat qilsamda , qo`limdan kelmayapti.

Nima qilishga ham hayronman, iltimos menga maslahat beringlar.

 Kamilla.

Sayyod:
Хатингизни ўқир эканман энг ёққани "Bu safar bilmadim men bilan nima sodir bo`lganini, lekin o`zim bilmagan holda gaplasha boshladim" жумласи бўлди))). Анча пайтдан бери сезмаган беғуборликни сезвордим шекилли.)))
Хуллас хатингизни ўқиб борар эканман, охирига келиб телефон орқали оила қуриб бола-чақалик бўлиб хам кетдик, қўша-қарияпмизу лекин халиям кўришмадик деган сўзлар билан тугаса керак деб ўйлабман.

Виртуал мухаббат менинг хам бошимдан ўтган.
Бугунги  кунга келиб, хозир хам шу оддий компьютер орқалик кимгадир хиссиётни сезган пайтларим хам бўлади. Хис-туйғу учун онг, ақл ва реал тушунчалар девор бўла олмас экан.
Энг яхши йўли бошиданоқ берилмаслик. Кейин қийин бўлади. Чунки биз билган, кўриб таниган инсонга нисбатан бўлган хис туйғу жиловланиши осонроқ. Бунга салбий хотиралар балансни тўғри ушланиши билан ёрдам беради, виртуал мухаббатда эса айнан мана шу хотира бўлмайди, чунки у инсон виртуал равишда биз билан, реал кўринишда эмас. 
Виртуал мухаббатнинг энг фожеали  тарафи бу идеаллаштириш.  Унинг салбий тарафларини кўрмаймиз, кўра олмаймиз, нуқсонлари бегона, фақат ва фақат яхши тарафлари онгимизда тураверади ва у энг зўр ва аълодек туюлаверади.

Асли мухаббатнинг концепцияси хам шу-да, оддий инсонни эмас, унинг устидан ўзимиз ўраб қўйган идеалликни кўрамиз. Аслида суйган инсонимизга эмас, унинг устидан шу қобиғ қилинган идеалликка хавас қиламиз ва  интиламиз.
Энди тасаввур қилинг шундоқ хам виртуал инсонга яна виртуал туйғу иламиз. Натижада у хаммадан аъло! Бизга эса хаммадан қийин.
Таниб, кўриб билган инсонимиздан эса қандайдир барибир салбий кичик бўлса хам нуқсонни топиб, лекин бу мухаббатга таъсир қилмасада, хар холда БАЛАНСни ушлаб хиссиёт оғир кечишини енгиллаштириб туради.
Реал инсонни унинг идеал суратдан оддий инсон эканлигини кўпроқ хис қилиб турамиз, виртуалда фақат бизнинг ширин онгимиз чизган сурат гипноз қилиб тураверади.

Умуман аксарият холларда (!) реал хаётда бу борада муаммолар бўлган, ёки ўзига ишонмаган, дўстлари йўқ, бекорчилик ва ишсизликдан қийналган  виртуал хаёт ва ундаги муносабатларга куни қолади. Кимларнингдир иши айнан интернет билан кўпроқ боғлиқ бўлса улар хам бунга мубтало. Ва яна кимлардир шунчаки реал хаётда кўнгли совиб ўзини виртуал хаётда ўнглашга харакат қилади. Шунинг учун виртуал хаётга чуқурлашаётганлар четдан ўзларига разм солиб, реал хаётдан четлашмаяпманми деган саволни беришларини сўрардим. 

Хуллас, хат муаллифи: Нафақат сизга балки бошқа виртуал мухаббат шайдосию азобида куяётганларга маслахатим бир: Зудлик билан учрашинг. Нима бўлса хам ютуғда бўласиз. Фақат икки йўл натижа бўлади ва иккиси хам ютуқ!
Ё сизга у ёқмай кўнглингиз қолиб, ахмоқона вирутал мухаббатдан дарров қутуласиз, ё бир-бирингизга ёқиб муносабат қурилиб кетади.
Жа бўлмаса барибир битта нуқсони аён бўлади, ва аввалгисидан камроқ қийналасиз.

Оддий психология, лекин яшашга осонроқ бўлиши  учун ёрдам беради. Ишонаверинг, бошдан ўтиб, хаётда қўлланилган ва фақат ёрдами теккан усул))) 


Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Просмотров: 563 | Добавил: Bepul_net | Теги: fikr bilidring, tortishing, baxs, bax, fikr-mulohaza, izoh bering, erkin fikr, fikr, nima deysiz?, tortishuv | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 Автомобилестроение
Пришли на сайта173 Ушли с сайта80 репутация сайта0.0
2 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта143 Ушли с сайта133 репутация сайта0.0
3 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта273 Ушли с сайта110 репутация сайта0.0
4 Мультимедиа
Пришли на сайта165 Ушли с сайта67 репутация сайта0.0
5 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта76 репутация сайта0.0
6 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта195 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
7 WWW.VOYDOD.NET
Пришли на сайта190 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
8 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта167 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
9 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта155 Ушли с сайта100 репутация сайта0.0
10 VOYDOD.NET
Пришли на сайта213 Ушли с сайта126 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz