Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Gulguna
14:42
Gulguna
Oysha kampir bolaligini yaxshi eslaydi. Hov anovi Shovuz togʻ etagidagi barloslarning Yona yurti – Sarkentida yashardi. Toshdan orasiga loy qoʻyib, panjakash qilib suvalgan pastmakkina, archa balorli uylar, shundoqqina uylar yonida ulardan-da pastmak qilib yasalgan qoʻy qoʻtonlaridan shiptir hidi anqib yotardi. Kigiz oʻtov esa har xonadonda bor. Barlos, degani toshni emib kun koʻradigan doʻlana daraxti kabi togʻchil, qoʻy-echkining izidan togʻma-togʻ yurib, «birini ikki» qilib avvaliga ikkitagina urgʻochi uloq olib, uni karra-karraga koʻpaytirib, yigirmata qilgani hamono, besh-oltita sovliq olib, elliktaga yetkazmasa tinib-tinchimaydigan qavm. Manovi naql ham barlos bobolardan qolgan: «Qoʻy aytarmish, meni elliktaga yetkazsang, elingni boqaman». Bu eski qoʻshiq ham oʻsha qavmdan qolgan:

Echki olib oʻn beshga,
Toʻy qilaylik, har kechga...
Qizigʻi, barlosning nikoh toʻylari ham imi-jimida, shovqin-suronsiz oʻtganini tushunib boʻlmaydi. Biroq ortiqcha dabdabaga oʻrin boʻlmasa ham rasm-rusumlari bir boshqacha edi-da. Kelin bola chaqaloqligida «Karavush» degan togʻ oʻtining iforli suviga kamida yetti marta choʻmiltirilgan. Kelinning sepiga qiz onasi sumbulgiyohning joʻxori popugiday tolim-tolim sochidan solishi qiz bola qoʻy-echkini oʻxshatib, qoʻshiq aytib, sogʻa bilishi, qatiq ivitishi, doʻgʻ ayron pishirishni, shoʻrtakkina qorin moyi tayyorlashni, jun yigirib, gilam, chakmon toʻqishni, gul qoʻyib, kigiz bosishni bilishi kerak.
Oysha Buxoroi sharifda madrasa tuprogʻini yalagan mulla Beknazar xonadonida eng keyin tugʻilib voyaga yetgan. Otasi boshqa qarindoshlari kabi togʻu toshning oʻr-chuqurida yurmagan, toʻrt-beshta ushoq jonligʻini ham ukalari asrab-koʻpaytirib yurgan boʻlsa ham, ota-ona xohishi bilan kuyovga uzatilganda barlos kelinga xos sepu sifati bisyor boʻlgan.
Oysha oʻn toʻrtga kirganida chinni rayhon kabi boʻy koʻrsatib, qoraqosh kaklikday xiromon yurish qilib, yangi tuqqan qoʻyning ogʻiz sutidan, qaqanoq koʻp yalagani uchun tanasi qaymoqqa botirib olingan kabi sutrang, uzun kipriklari, qosh-koʻzlari hurkak ohunikiday, idish-tovoq koʻtarib suvga enayotganda toshdan-toshga sakrab tushayotganini koʻrgan koʻz, agar yigitniki boʻlsa, intilib kosasidan chiqib ketishi hech gap emasdi. Oysha qoʻshni ovuldan Safarqul surnayga (uzun, oriq boʻlgani uchun) uzatilganda «Haftiyak»dan chiqqan, besh vaqt namozini kanda qilmaydigan moʻmina kelinchak boʻldi. Toʻgʻri, onda-sonda echki quvib yurganida ammasining oʻzidan ikki yosh katta Eshmirza degan surmakoʻz oʻgʻli togʻ choʻqqisida oʻsadigan toʻgʻnogʻichday ikki dona umrzoqgul sovgʻa qilib, evaziga muchchilab oʻpib olgani bor. Nima qipti? Oʻpgan-quchgan, havoga uchgan. Tavba degulik. Safarqul barlosning kaltatoyi urugʻidan boʻlsa ham, up-uzun, buning ustiga oʻris yoki tatar kabi sap-sariq koʻzlari ham koʻkish, biroq jussasiga yarasha badjahl emas, muloyim tabiatli yigit edi.
Biroq u epchil, ha, desa qoʻy qaychi bilan ikki salqinda 40 ta qoʻy-echkining yungini shipirib oladigan, buning ustiga qoʻy-qoʻziga yopishgan gangni duo qilib, suv purkab tushiradigan «Gangchi» ham edi. Safarqul armiyaga chaqirilganda Oysha kelinning qornida olti oylik gumonasi boʻlib, eri armiyaga roppa-rosa uch yil ketib qaytganda, harbiy libosini ustidan olti oy yechmay, har ikki gapining birida oʻrischa gapirib yurganida Ibrohim tugʻilib, oyoq chiqarib, otasiga taqlib qilib, nu, da, tak, kak, deb erkalab hammani kuldirar edi.
Safarqul harbiydan yomon yoʻtal – koʻksovni orttirib qaytgan ekan. Bir oy saratonni demasa, qolgan oʻn bir oyni uh-uhlab oʻtkazadi. Haliyam qashqaldogʻu toʻngʻizning ichki yogʻi bilan kun koʻradi. Yegan ovqati quyruq va sholgʻom. Bir amallab qirqdan oshib qolsa-ku, keyin oʻpkasi qotib, ilashib ketadi. Afsuski, Safarqul oʻgʻlining yigit boʻlib ulgʻayganini koʻrishga ulgurmadi.
Ilik uzildi paytiga kelib, qon tuflay, tuflay, joni uzildi. Bu ayni barloslar katta kolxozga birlashib, Yona yurtdan Katta qishloqqa koʻchirilgan paytda roʻy berdi. Oysha boshqa turmush qilmadi. Uning oʻgʻli boʻyi yetgan, toʻrttagina qizalogʻi ham izma-iz kattarayapti. Ibrohim oʻn toʻqqiz yoshida kolxozga choʻpon boʻlib kirdi. Bir marta qoʻylardan toʻl olib, uylandi. Oysha terma gilamning «qilichi»day oʻtkir xotin, kelinning sarasini tanlab oldi. Savrda tosh ustidan tikrayib kattargan sumbulgiyohday birin-ketin kattargan qizlarining bozori bir paslik Qalqama bozoriday gavjum boʻldi. Faqat kenjatoyi Gulguna onasining boʻy qizligidagi kabi xushroʻy boʻlsa ham, tugʻma oqsoq boʻlganidan balogʻat yoshidan keyin ham turib qoldi. Ammo Gulguna hamma opalaridan oʻzib ketib, tibbiyot bilim yurtida oʻqib kelgan. Shu holida ham uyma-uy yurib, kasal bemorni eplab emlashdan charchamaydi...
Qachondir urugʻ-aymogʻida birorta mashhur polvon oʻtgan boʻlsa, uning yetti pushti gʻurur tuygani kabi, yuz marta kattartiradigan lupa orqali qaraganda aynan yoʻlbars bolasiga oʻxshaydigan mushuklar avlodi oʻzlarining katta bobolarini pesh qilib, biror marta maqtanganini hech kim eshitmagan boʻlsa ham, sichqonlar bilan munosabatda ham, odamlar bilan munosabatda ham cheki chegarani biladigan odobli mushuklarni e’zozlangani bor gap. Oysha kampir hozir uyida yashayotgan olgʻir-talgʻir pishakning katta momosini ham yaxshi biladi. Mushuk zoti nari borsa 15-16 yildan ziyod umr kechirmaydi. Ayniqsa, qarib, tishlari tushib qolganidan keyin tez kasallanadi. Tishsiz pishak na sichqon-kalamush tuta oladi, na yolchitib oʻljasiga tashlanadi. Yoshligida changakday chayir tirnogʻi, oʻtkir tishlari bilan pishaklar bundayroq ilonga tashlansa ham boʻynini gʻarchcha uzmasdan qoʻymasdi. Kampirning pishagi qarilik ostonasiga kelib qolgan boʻlsa ham, hali tishlari butun. Homilador boʻlganda nafsi oʻpqon boʻlib ketishini hisobga olmaganda boshqasi joyida. Buni gʻiybatga ham, sifatga ham yoʻyish mumkin. Uy egalaridan birorta erkak hovlida aylanib yursa, sariq-talgʻir uning oyoqlari orasidan suykalib, u yoqdan bu yoqqa oʻtgani oʻtgan. Chordona qurib oʻtirgan ayolni emas, naq erkak kishining butlari orasiga kirib, indamay bosh qoʻyib yotishini har kim har xil tushunadi. Eng yomoni Talgʻir qornida bolasi bor payti (bu yil uchinchi bor bolalashi), ayniqsa, suqqi, badnafs boʻlib qoladi. Shunday paytda Oysha kampir pishagiga mehmondan oldin ovqat berib, qornini toʻqlab qoʻyadi. Rahmatli otasi Mulla Beknazar qari pishakka non chaynab berganini koʻrgani bor. Pishaklarning yelkasini paygʻambarlar silagan, derdi ul zot. Ularni toʻrt qavatli tom ustidan tashlab yuborsang ham oyogʻi bilan oʻnglanib tushadi.
Bir rivoyatda Paygʻambarimiz Rasululloh choponi oʻngirida uxlab qolgan pishakni uygʻotib yubormaslik uchun oʻngirlarini shartta kesib, oʻrnidan turib ketgani aytiladi. Oʻsha rivoyatni Oysha kampir otasidan eshitib qolgan. Oysha kampir uyida asragan pishaklarining hammasi keksarganda yoki kasallik, ogʻir jarohat tufayli jon taslim qilayotganda, albatta, bir amallab kampirning eshigiga yetib kelgan. Koʻzlarida yosh jimillab turganida kampir uni darrov tushunib, rozi-rizolik berganidan soʻnggina osongina jon bergan. Kampir bu pishaklarning oʻligini sira koʻchaga uloqtirmagan. Qilgan xizmatingga rozi boʻl! Tongda qiyomatda yuz koʻrishaylik, deb pichirlab asta koʻtarib, hovli chetidagi handaqqa olib borib, koʻmib kelgan. Aytishlaricha, Mulla Beknazar ham oʻlar vaqtini oldindan sezib, yoshlik chogʻlarida oʻynab-oʻsgan joylaridan, tosh supalardan, mevasini yegan tut va yongʻoq daraxtlaridan, zilol suvini toʻyib ichgan chashmalardan, oldiga dasturxon yozgan qoʻni-qoʻshnilardan, yaqinlaru begonalardan rozi-rizolik soʻrab chiqishga ulgurgan ekan...
Meva beradigan ba’zi dov-daraxtlarning qiziq fe’li bor. Olaylik yongʻoq daraxtining mevalari pishgan davrda poʻsti ajralib turadi. Aynan oʻsha paytda qoqib terib olmasangiz, ustida turaversa, pishib oʻtib ketadi va shirin magʻzi qorayib, puchayib ketadi. Tokdagi uzumlar ham gʻarq pishgan mahali uzib olinmasa, kunba-kun poʻsti qotayib, shirin ta’mi yoʻqolib, bujmayib, puchayib boradi. Yongʻoq ham, tok ham vaqti oʻtgandan keyin oʻz «bolasi» ta’mini qaytarib, soʻrib olar ekan. Xayriyatki, odam bolasida unday emas.
Gulguna ham 28 yoshga kirib, boʻyqizlik vaqti oʻtib borayotganidan ich-ichidan kuyunib, rang-roʻyi ham soʻlib borardi. Ayniqsa, teng-toʻsh dugonalari birin-ketin kuyovga chiqib, bola-chaqali boʻlib ketgandan keyin ularni koʻrib kuyinmay boʻladimi? Endi toʻy-tomoshaga ham kam boradi. Koʻzguga qaramay qoʻyganiga ancha boʻlgan. Fe’lida injiqlikmi, torlikmi, beparvolikmi, shunga oʻxshash allanarsa hukmini oʻtkazib bormoqda. Ishiga ham avvalgiday qiziqmay qoʻygan. Ba’zida onajoniga ham jerkib gapiradigan boʻlgan. Pardoz qutichasi ham bir burchakda ogʻzi ochilib, angrayib yotardi. Oʻqishni bitirib kelgan yili gulzor chetiga bir koʻrpacha boʻyi oʻsma, xino ekkandi. Asli qalin qoshlariga bostirib oʻsma qoʻysa, naq ertakdagi Qimmatning oʻzi boʻlib ketardi. Hozir esa oʻsha oʻsma ekiladigan joyni oʻt bosib yotibdi. Xotini oʻlgan yoki qoʻyvorgan yigitlardan ikki-uchtasi odam qoʻydi. Ularga onasidan oldin oʻzi rad javobini berib yubordi.
– Menga turmush qurish mumkin emas, duxtirlar aytgan.
Bugungi voqea esa hammasidan bir boshqacha fojea bilan yakun topdi. Gulguna qiz xuddi rahmatli otasiga oʻxshab, avvaldan pishak zotini yomon koʻradi. Onasi ham doim pishakni silab-siypab yurganini koʻrib, gʻijinib yuradi. Baxtga qarshi bugun tushlik qilgani uyga kelsa, Talgʻir aynan Gulgunaning yotogʻiga kirib, qamalib qolgan, dasturxonga oʻralgan nonning bittasini rosa toʻzitib yegan, tashqariga chiqolmay, gilamning chetiga boʻshanib qoʻygandi. Bu holni koʻrgan Gulgun qizning figʻoni falakka oʻrladi. Qon bosimi koʻtarildi shekilli, koʻziga hech narsa koʻrinmay qoldi. Indamay ogʻilxona tarafga oʻtdi-yu, qoziqqa ilingan ichak ipni olib orqasiga yashirib turib Talgʻirni yalinganday aldab chaqirib olib, boʻyniga sirtmoq soldi-da, bogʻ toʻridagi olma shoxiga osib tashladi. Ochigʻi, Gulguna gʻazabning zoʻridan Talgʻirning boʻgʻozligini ham unutib qoʻygandi. Pishak miyovlashga nafasi yetmay jon talvasasida shunday toʻlgʻondiki, beixtiyor tugʻib yubordi. Bitta, ikkita, uchta. Uchdan nari puch-da. Sichqondan sal kattaroq jish bolalar uyasidan uloqtirilgan temirqanot polaponlari kabi yerga tushib, ogʻzini ochguncha sulayib qolardi. Bunday holni sira koʻrmagan duxtir qiz qichqirmoqchi boʻldi, ovozi chiqmadi. Keyin oʻziga keldi-da, tezgina Talgʻir osilgan ipni uzib yubordi. Xayriyat, Talgʻirning joni uzilmagan ekan. Yer bilan bitta chilparchin boʻlib yotgan bolalariga ham qaramay ixrab-ixrab, oʻksib-oʻksib, adoqdagi chashma boʻyiga yugurdi. Koʻzi yorigan qizinikiga ketgan Oysha kampir nevarasining chillasini chiqarib qaytdi. Talgʻirni soʻrab-surishtirdi. U yeru osmonda yoʻq edi. Nima boʻlsayam Talgʻir bu xonadonga qaytib qorasini koʻrsatmadi. Pishaksiz turolmaydigan kampir katta qizining zotdor pishagi naslidan pishakvachcha asradi.
Teshik munchoq yerda qolmagani kabi Gulgunaning ham baxti ochilib, tenggi topilib, qoʻshni qishloqlik choʻloqqina, ammo boʻydoq muallimga tegib ketdi. Ikki yorti bir butun boʻlgani rost. Gulguna kelin boʻlgach rosa ochilib, toʻlishib ketdi. Qoshiga oʻsma qoʻyganida endi Qimmatga emas, Zumradga oʻxshab ketardi. Oradan yil oʻtmay boʻyida boʻldi. Duxtir emasmi, oyu kuni yaqinlashganini aniq bilib, hafta burun onasiga odam joʻnatdi. Oysha kampirning hamma qizlari doʻxtirga bormay, doya kampirsiz osongina tugʻib olardi. Xudoyim osonidan bersa, hech gapmas. Biroq Gulgunaga oson boʻlmadi. Toʻlgʻoq dardi shunday qattiq va achchiq boʻldiki, bunaqasi kamdan-kam boʻladi. Togʻ orasidagi qishloqdan tuman markazidagi tugʻruqxonaga yetib borguncha Gulguna ming bor oʻlib-tirildi. Yonida borayotgan onajoni ham, bechora kuyov ham jonini jabborga bermoqqa tayyor boʻldi. Tugʻruqxona eshigiga yetar-etmas Gulguna yana oʻzidan ketdi. Uni maxsus zambilda olib kirishdi. Zoʻr-bazoʻr oʻziga keltirishib, bolasini qornidan yorib olishdi. Yashasin tibbiyot ahli, ona ham, bola ham omon qoldi. Gulguna qayta farzand koʻrolmaydi. Shuniyam berganiga ming bor shukur. Oʻgʻilchasining chillasi chiqmaguncha yonidan jilmagan onajoniga bir sirni, tavba-tazarruni aytmaslikning iloji yoʻq.
– Onajon, oʻshanda men Talgʻirni oʻgʻrilik qilgani uchun boʻgʻozligini bilmasdan osib qoʻygan edim. Uni zoʻriqib tugʻib yuborganini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Oʻshanda Talgʻir meni qattiq qargʻagan ekan. Tugʻish azobi qanday boʻlishini koʻzimga koʻrsatib qoʻydi. Xayriyatki, sizga bildirmagan edim. Agar siz ham qoʻshilib qargʻaganingizda edi, oʻsha kuni oʻzimdan ketib, qayta dunyoni koʻrmagan boʻlar edim. Onajon, meni kechiring-da, duo qiling...

Muallif: Gʻozi Rahmon

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Просмотров: 1050 | Добавил: Bepul_net | Теги: HAYOTIY HIKOYALAR, хикоя, Hikoya, ХАЙОТИЙ ХИКОЯЛАР, хикоялар, хадислар, bo'lgan voqealar, Hikoyalar, булган вокеалар, xadislar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 VOYDOD.NET
Пришли на сайта214 Ушли с сайта128 репутация сайта0.0
2 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта155 Ушли с сайта101 репутация сайта0.0
3 Автомобилестроение
Пришли на сайта174 Ушли с сайта80 репутация сайта0.0
4 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта168 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
5 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта161 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
6 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта196 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
7 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта274 Ушли с сайта110 репутация сайта0.0
8 SAYYOD.COM
Пришли на сайта194 Ушли с сайта257 репутация сайта0.0
9 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта172 Ушли с сайта141 репутация сайта0.0
10 Shahzoda
Пришли на сайта175 Ушли с сайта46 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz