Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan.
Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi:
-Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi…
Menga yoqmasachi?- rad qildi yigit.
Hullas kelinlik libosi ikkaloviga ham maqul keldi. Zakalad pulini berib ko’chaga chiqishdi.
-Yur morojniy yeymiz,- taklif qildi yigit.
-Yo’q, yaxshisi qo’lda yeb ketamiz, Maylimi Dilshod aka. Xuddi maktab paytidagidek.
-Mayli rozi bo’ldi yigit,- ammo darhol o’sha maktab paytlari ko’chada marojniy yeb yurgan davrlari yodiga tushdi.
Ular moroyniy olib, yo’lga tushishdi. Katta ko’chani kesib o’tishayotganda qizning morojniysi yerga tushdi. Qiz bir lahzaga yerda yotgan moroshniyga qaradi-yu, yo’l o’rtasida morojniy olishga iymanib oldiga intildi. Shu payt oldida ketayotgan Dilshod akasi o’rnidan "g’u-uv” etib Neksiya o’tib ketdi. Avvaliga qiz nima bo’lganini idrok etolmadi. Hushini yig’ib qarasa mashina Dilshod akasini 10 metrlar chamasiga nariga uchirib ketgan ekan.
Doniyor Ahmad