Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Er – xotinlarga va ayniqsa , ayollarga nimalar tavsiya etilishi mumkin?
18:11
Er – xotinlarga va ayniqsa , ayollarga nimalar tavsiya etilishi mumkin?
1. Har bir oila ma’lum yoshlarda inqirozlardan o’tishi muqarrar ekanligini bilib olishingiz, unga tayyor bo’lishingiz, shu jumladan mulohaza yuritilgan yoshda ham ehtiyot bo’lishingiz kerak. Bunda muomala madaniyatiga katta e’tibor berish shirin so’zlar, maqtovlarga xasis bo’lmaslik kerak. Buni bilmaslik, bilsa ham foydalanmaslik er – xotin munosabatlaridagi eng zaif joylaridan biri ekanligini unutmang. So’z qudratidan mehr – oqibat, oila baxti va shaxs ma’naviyati manfaatida foydalanmaslik shaxsning madaniyatsizligi hisoblanadi. 
2. Eringiz hayotida mazkur yoshda o’zga ayol paydo bo’lsa, bong urib hammaga jar solmang. Bunday qilsangiz o’zingizga qarshi ishlagan bo’lasiz va eringizni Sizga bo’lgan munosabatini keskin yomonlashuviga, mavjud bo’lgan mehri, muhabbatini va hurmatini yo’qolishiga zamin yaratgan bo’lasiz.
Bunday xabarni eshitish qanchalik og’ir bo’lmasin, unga falasafiy qarang, uni oilaviy fojeaga aylantirmang. Eringiz uchun bu shunchaki vaqtini xush o’tkazish, oila doirasida qondirilmagan psixofizioligik ehtiyojlarini oiladan tashqari qondirishning bir ko’rinishi bo’lishi yoki o’z yoshligi va imkoniyatlarini yana bir marotaba sinab ko’rish ham bo’lishi mumkin. Qanday bo’lishidan qat’i nazar turmush o’rtog’ingizni oiladan tashqari munosabatlari Siz o’ylagandek Sizga nisbatan qalb xiyonati emas, balki tan sho’xligidir. Bunday vaziyatda Siz eringiz bilan ilgarigi munosabatlaringizni faqatgina sabr – chidam, donoligingiz bilan saqlab qolishingiz va eringizni tez vaqtda bu « xastalik » dan tuzalishiga yordam berishingiz mumkin.
Aks holda oilada urush - janjallar, qarindosh va ish joylariga borib shikoyat qilishlar eringizni, o’z qo’lingiz bilan o’zga ayol qo’liga abadiy topshirishingiz bilan tugaydi.
3. Erning ko’zini o’zgalardan qayirgandan ko’ra ko’proq o’zingizga qarashni odat qiling. O’zingizni tashqi qiyofangizga qarashni odat qiling. O’zingizni tashqi qiyofangiz, toza - pokizaligingiz, did bilan kiyinishingiz, qaddi – qomatingizni ko’rinishi, ortiqcha vaznlardan xalos bo’lish, eng muhimi xulq go’zalligini yanada takomillashtirishga, eringizni turli masalalarda ifodalanadigan psixofizilogik ehtiyojlarini to’liq qondirishga alohida e’tibor bering.
4. Erkaklarni uyga mahkam bog’lashga intilmang. Ular uyda o’tirish uchunn yaratilmaganligini unutmang (salomatlik yoki kasbi yuzasidan uyda ishlaydiganlardan tashqari ). Ma’lum sabablarga ko’ra, bir necha kun uyda olib o’tirganingizdan keyin gaplarni mag’zini chaqib, xursandchilik bilan ishiga kuzatib qo’yasiz.
5. Hayotda hech bir chorasiz vaziyatni o’zi bo’lmaydi. Faqat ayolligingizga borib, ko’pda aqlingiz juganini hissiyot qo’liga bermang. Qanday g’azab yoki tushkunlik holatida bo’lmang, har doim hissiyotingizdan aqlingiz ustunlik qilsin.
6. Ayol mehri manabai bo’lishi zarurligini unutmang. Mehringizga faqat qalbingizda emas, balki oila a’zolaringiz, jumladan er – xotin, ona – bola munosabatlarida yetarli ifodalashga e’tibor bering va uni ifodalashga e’tibor bering va uni ifodalash malakalarini bolalaringizda ham shakllantiring. 
7. Hayotning eng damlarida, Sizning tasavvuringizda eng chorasiz va qayg’uli kunlarida Sizni to’laqonli shaxs sifatida borligingiz, hayot ekanligingizni o’zi yuksak baxtligini unutmang. 
8. Hayotning eng og’ir damlarida qalbingizdagi dardni eng yaqin kishingizga aytib dardingizni yengillashtiring, agr shunday Sizni tushunadigan odam bo’lamasa, psixologlarga murojaat qiling, U, mutaxassis sifatida doimo Sizning xizmatingizda bo’lishiga tayyor.
9. Er – xotin orasida kuzatiladigan nizolarni tahlil qilishda, ulardan xulosa chiqarishda, ilgarigi sevgi – muhabbat, mehr – oqibat va o’zaro hurmat hislarini yanada tiklashda hatto adolat qoidalari ojizlik qilishini va qalblarda yuzaga kelgan « muz » ni faqat meht – muhabbat o’ti bilan eritish mumkinligini unutmang. Oilaviy hayotda qonun va inson huquqlaridan ko’ra, ba’zan qalb qonunlari va mehr – muhabbat mezonlariga tayanish ko’proq samara berishi mumkinligini unutmang.


Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 908 | Добавил: Bepul_net | Теги: ayollarga nimalar tavsiya etilishi , Er – xotinlarga va ayniqsa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 SAYYOD.COM
Пришли на сайта195 Ушли с сайта258 репутация сайта0.0
2 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта196 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
3 WWW.HAYOL.UZ
Пришли на сайта277 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
4 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта156 Ушли с сайта101 репутация сайта0.0
5 Мультимедиа
Пришли на сайта166 Ушли с сайта68 репутация сайта0.0
6 Автомобилестроение
Пришли на сайта175 Ушли с сайта81 репутация сайта0.0
7 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта172 Ушли с сайта141 репутация сайта0.0
8 WWW.VOYDOD.NET
Пришли на сайта192 Ушли с сайта111 репутация сайта0.0
9 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта161 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
10 VOYDOD.NET
Пришли на сайта214 Ушли с сайта129 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz