Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Ehtiros qaerda qoldi?
17:36
Ehtiros qaerda qoldi?
Er-xotin munosabatlarining ilk davrida barchani ehtiros o'ziga qamrab oladi. Ba'zida aynan shu ehtirosni hatto sevgi deb o'ylaydiganlar ham kam emas. Ehtiros qanday bo'lmasin u bizga yoqimlidir. Uni his etib yashashni barchamiz xohlaymiz. Lekin turmushda oila yumushlari ko'payib aynan shu ehtiros kamayib borishni boshlaydi...
Endi tunlari bilan bir-biriga to'ya olmaslikni o'rniga er-xotin tunda yaxshiab uxlab olish niyatida yuradilar. Yoki yonida bo'la turib bir-birini so'gingan er-xotin orasida endi yiroqlik ham ba'zida sog'inch tuyg'usini uyg'ota olmaydi. To'ydan so'ng ilk oylarda ishdan charchab kelishiga qaramay er xotini bilan yolg'iz qolishni qumsab turgan bo'lsa, hozir tezroq ovqatlanib televizorni oldiga shoshadi. Bunday misollar juda ko'p hammani oilasida har xil namoyon bo'ladi. Asosiysi, natija bitta - ehtiros so'nib bormoqda.
Oilada o'zi ehtiros kerakmi?
Ba'zilar o'ylaydi, "aynan shu ehtiros tufayli ba'zi turmushlar buzulib ketadi", "ehtirosli munosabatlar tufayli oilada janjal ko'p bo'ladi", deb. Xiyonatning asosiy sabablaridan biri deb ham ehtiros tan olingan. 
Undan ko'ra tinch osoyishta munosabatlar yaxshi emasmi? Bunda shu munosabatlarning takomillashishida hissiyotlar emas, balki aql va tafakkur rol o'ynaydi. "Bunday munosabatlar albatta ehtirosli munosabatlarga nisbatan kuchliroq va yetukroq bo'ladi", deydilar.
Shunga qaramay aynan tinch va osoyishta munosabatlardan erkak ham ayol ham zerikadilar. Bu haqda gapirilmasa ham, erkak ham ayol ham rejali qadamba-qadam qilinadigan harakatlardan ko'ra, ehtiros va sog'inchga boy munosabatlarni istaydi.
Misol uchun jinsiy aloqani olaylik. Ikki soatga cho'zdirilgan aql bilan o'tkazilgan sifatli bo'lishi uchun yaxhsilab tayyorgarlik ko'rilgan jinsiy aloqa yoqimlimi yoki 10 daqiqa davom etgan sog'inch tufayli birdaniga kutilmaganda ro'y bergan jinsiy aloqa yoqimlimi? Albatta ikkinchisi, chunki u hissiyotli aloqadir. Birinchi misol esa bu turmushning bir talablarini amalga oshirish yo'li, xolos. "Er-xotinmi, demak ular aloqa qilishi kerak", degan fikr bilan qilinadigan jinsiy aloqalar soni tobora ko'payib boraveradi.  
Yillar o'tib shunday rejalashtiriladigan aql bilan qilinadigan munosabatlardan zerikkan erkak hayotida birdan boshqa ayol ehtirosli tuyg'ularni yuzaga chiqishiga sababchi bo'lib qolsa, hamma ajablanadi. Hatto o'sha erkak ham, "nahot sevib qoldim", deb ehtiroslariga belanib ketadi. Oilasida bo'la turib xayoli u ayolda, unga talpinadi, u bilan birga bo'lish niyatida yashaydi. Aslida shu erkak u ayolni emas, balki o'sha ayol bilan kechayotgan ehtiroslarini sog'inadi, xolos.
Yoki ayolni oladigan bo'lsak, uyda bola-chaqa bilan kunini o'tkazib yuradi. Bir necha yildan so'ng ishga chiqib qarasa, yosh turmushga chiqmagan yoki endi kelin bo'lgan qizlarda ajoyib ehtirosga boy voqealar to'lib ketgan. Unda esa eri bilan birga televizor ko'rib o'tirishdan boshqa biron ehtirosli munosabat qolmagan ekanligidan hafa bo'ladi. O'zbek ayollari shundayki, shu deb muammo qilmaydilar, "erim yaxshiku, bollarim  tinchku", deb o'zini yupatib yashayveradilar. Keyin esa 10 yillar o'tgach arzimagan narsa deb eriga qattiq g'azablanishi sababi nima ekanligini eri ham o'zi ham tushunmay qoladi...
Bu tabiiy holat. Erkak bo'lsin ayol bo'lsin qanday xarakterga ega bo'lishidan qat'iy nazar ehtirosni hoxlaydi, shu tuyg'uni yo'qotib qo'ysa, yuragini tubida uni qumsayveradi.
Chunki erkak va ayol necha yil birga yashamasin ular orasidagi munosabatlarda ehtiros bo'lishi shart. Hatto yoshi 50 dan oshgan er-xotinlar orasida ham shu tuyg'u bo'lishi mumkin. Lekin qaerda u? Turmush yumushlarini orasida unga o'rin bormikin? U siz ham tinch yashasa bo'lmasmikin...
Albatta bo'ladi. Tasavvur qiling, siz ertalabki nonushtaga issiq yopgan non yeysiz yoki qotgan qora non yeysiz. U holda ham bu holda ham qorningiz to'yadi, hayotingiz davom etaveradi. Lekin bu ikki xil hayot. Biri lazzatliroqligi aniq.
Xuddi shunday sizning turmushingiz ham. Ehtirossiz ham birga bir yostiqqa bosh qo'yib butun umrni kechirish mumkin. Lekin shu umrni shiraliroq qilish imkoniyati sizda bo'lsa, undan foydalanish yaxshi emasmi?
Turmushda ehtirosni yo'qotmaslik uchun biron aniq yo'l yoki maslahat mavjud emas. Chunki hamma oila har xil bo'ladi. Biri uchun tunda go'zal ichki kiyim kiyish munosabatlarga ehtiros kiritsa, biri uchun bu bilinmas holatdir. Yoki bir oilada ehtiros paydo bo'lishi uchun er-xotin urushib qolishi kerak bo'lsa, ikkinchi oila uchun sog'inch ehtirosni uyg'otishga sabab bo'ladi. Ba'zi oilalarda shirin ovqat yoki oddiy erkalash ehtirosga munosabatlarni boyitsa, boshqa oilaga buning o'n barobari ham yetarli bo'lmasligi mumkin.
Shunday ekan har bir ayol o'z oilasida ehtirosni vujudga keltiruvchi omilni topa olib uni qo'zg'atishni bilishi lozim. Bu ayolning qo'lida. Agar erkak bo'ynida ko'chani ishi bo'lsa (bozor, pul topish va hokazo) ayolning bo'ynida uydagi holatdir, xususan er-xotin orasidagi munosabatlar ham. Ularning qanday bo'lishi avallo ayolga bog'liq. 
Yoshi ulg'ayganda uyning ikki chekka xonasida o'tirib bir-biriga alami to'lib gaplashmay yurgan er-xotindan ko'ra, shu yoshda ham shiringina hazillar bilan bir-birini xushnud qiladigan er-xotin bo'lish uchun ehtiros haqida unutmaslik kerak.
Ehtiros ham jismoniy ham ruhiy munosabatlarda muhimdir. "Sizni so'gindim", "Sizni sevaman", "Siz mening hayotimsiz", "Siz mening borlig'imsiz" kabi oddiy iboralar er-xotin orasida yo'q bo'lib ketishi aynan ehtirosning yo'qolganidan dalolat beradi. Balki jinsiy munosabatlarda yoshligingiz tufayli hali ehtiros qolgandur, lekin bir necha yil o'tib u ham tabiiy ravishda so'na boshlaydi. Shunga doim, butun umr davomida ehtirosni qo'zg'atib turish haqida unutmaslik kerak.
Har kunimiz ehtirosli o'tmasligi aniq, lekin ba'zida uning paydo bo'lib munosabatlarga bir olov qo'shib turishi juda muhim!
Shunda erkakni boshqa munosabatlar, ayolni esa boshqa munosabatlarga bo'lgan hasad kabi tuyg'ular qamrab o'lmaydi. Er-xotin esa biri-biridan va o'z tumrushidan zavqlanib yashaydi. 

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 1267 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта119 Ушли с сайта37 репутация сайта0.0
2 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта146 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
3 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта189 Ушли с сайта61 репутация сайта0.0
4 Мультимедиа
Пришли на сайта101 Ушли с сайта41 репутация сайта0.0
5 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта164 Ушли с сайта50 репутация сайта0.0
6 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта98 Ушли с сайта84 репутация сайта0.0
7 Shahzoda
Пришли на сайта99 Ушли с сайта28 репутация сайта0.0
8 WWW.BEPUL.NET
Пришли на сайта128 Ушли с сайта63 репутация сайта0.0
9 WWW.VOY.UZ
Пришли на сайта151 Ушли с сайта60 репутация сайта0.0
10 SAYYOD.COM
Пришли на сайта126 Ушли с сайта204 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2021 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz