Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Birinchi uchrashuvdayoq qiz bolaga yoqib qolay desangiz...
16:45
Birinchi uchrashuvdayoq qiz bolaga yoqib qolay desangiz...
Ayol borki olam munavvar, ular bilan hayotimiz go'zal, kunimiz mazmunli. Ayolni go'zallik timsoli deymiz, chehrasini to'lin oyga, sochlarini majnuntolga, qoshlarini kamonu, ko'zlarini oxuga o'xshatamiz. 
Xayolimizdagi moxitabonni uchratib, uning ishqida yonamiz, Shirin bo'lsa Farhod, Layli bo'lsa Majnun kabi bosh egamiz. Ko'nglini olish uchun har narsaga hozir turamiz. Ayniqsa qiz bola bilan birinchi uchrashuv oldidan o'g'il bolalar elkasiga dunyoning tashvishi yopirilib tushadi. Nima deyman, qaerga taklif qilaman, qanday aytaman? kabi savollarga javob topolmay tunni tongga ulaydi. Aslida, buning qiyin joyi yo'q. Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, ilk uchrashuvda omad siz tomonda bo'ladi. 
Uchrashuvni eslatib qo'ying. Uchrashuvga chiqish oldidan qiz tanishingizga qo'ng'iroq qilib, bugun ko'rishishingiz haqida eslatib qo'ying va uni sabrsizlik bilan kutayotganingizga shama qiling.
Ust-boshingizni tartibga keltiring. Uchrashuv oldidan yuvinib, soch-soqolni tartibga keltirib, yoqimli iforlardan sepish kerakligini eslatishning hojati bo'lmasa kerak. Shuningdek, uchrashuv joyi va rejalashtirgan ishlaringizga qarab kiyinishga harakat qiling. Harholda, istirohat bog'iga borib,atraksionda uchish uchun kostyum-shim bilan bo'yinbog' taqmasangiz kerak?!
Kechikmang. O'ndan ko'ra, belgilangan vaqtdan biroz ertaroq kelganingiz ma'qul.
Suhbat uchun mos mavzu o'ylang . Birinchi uchrashuvda hamrohingizga qiziq bo'lgan mavzulardan gap ochishga harakat qiling. Ba'zi yigitlaro'zlarini maqtashga tushib ketishadi. Yaxshisi, qiz bolani gapirtirishga, u yoki bu narsa haqida fikr bildirishga "majbur” qiling. Shu bahona uning ichki dunyosini bilib olishga imkoniyat tug'iladi. Balki, shunda ikkinchi marta ko'rishishga hojat qolmas(!)
Qaerga taklif qilish kerak? Birinchi uchrashuv uchun o'zingiz yaxshi bilgan va sinagan birorta qahvaxona yoki restoranga taklif qilish maqsadga muvofiq. Bu erda begona joyga qaraganda o'zingizni bir muncha erkin his qilishingiz aniq. Ba'zilar, iliq taasurot qoldirish maqsadida, qiz bolani dabdabali, qimmat restoranlarga taklif qilishadi. Bo'lishi mumkin, lekin birinchi uchrashuvda emas.
Ziyrak bo'ling . Eshikni ochib berish, stulni surib berish, yoqimli ishtaha tilash kabilar esdan chiqmasin. Hushmuomalalik aosiy qurolingiz bo'lsin. Keraksiz kulgu, baland ovozda gapirish, atrofdagilarga qo'pol munosabatda bo'lish bilan qiz bolada yaxshi taasurot qoldirmaysiz.
Telefonni o'chirib qo'ying . Uchrashuv davomida bir-biringizdan chalg'imaslikka harakat qiling. Telefonning tez-tez jiringlashi va har-xil tanishlar bilan uzoq suhbatlashaverish, nafaqat qizbolaga balki har qanday suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.
E'tiborli bo'ling . Uyalish, tortinish, ko'zga tik qaramaslik qiz bolalarga hos xususiyat. Lekin erkak kishining haddan ziyod tortinchoqligi pand berib qo'yishi mumkin. Agar qiz bola bilan ro'parama-ro'para gaplashib o'tirishdan uyalsangiz, uni kafega emas, balki shunchaki sayrga taklif qiling. Chunki, ko'cha-kuyda birinchidan ko'zni olib qochishga imkon bor, ikkinchidan suxbatga ham mavzutopsa bo'ladi. Agar muzqaymoy olib bersangiz, ancha vaqtgacha jim ketish mumkin (hazil).
Suhbatdoshingizni eshitishga harakat qiling. Qoidaga ko'ra, uchrashuv paytida qiz bola kamgap bo'ladi. Agar yurak yutibnimanidir batafsil tushuntirishga urinayotgan bo'lsa, uni e'tibor bilan tinglang va unga juda qiziqayotganingiz yuz qiyofangizdan sezilib tursin. Iloji bo'lsa, bir-ikkita savol ham bering.
Me'yor. Agar qarshingizdagi qiz ko'nglingizga o'tirgan bo'lsa,uchrashuv vaqtini cho'zib yubormang. Birinchi tanishuv uchun bir, bir yarim, juda bo'lmas ikki soat etadi. Bundanortig'i zararingizga ishlashi mumkin. Qancha ko'p muloqot qilsangiz, shuncha ko'p xatoga yo'l qo'yish extimoli bor. O'z navbatida bir soatdan oldin xayrlashish ham to'g'ri emas. Qizbola buni noto'g'ri tushunishi va yoqmadim, degan xayolga borishi mumkin.

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 879 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта273 Ушли с сайта110 репутация сайта0.0
2 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта160 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
3 UMMON GURUHI Rasmiy ...
Пришли на сайта155 Ушли с сайта100 репутация сайта0.0
4 MP3UZ.NET
Пришли на сайта189 Ушли с сайта76 репутация сайта0.0
5 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта195 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
6 SAYYOD.COM
Пришли на сайта193 Ушли с сайта256 репутация сайта0.0
7 WWW.HAYOL.UZ
Пришли на сайта277 Ушли с сайта108 репутация сайта0.0
8 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта256 Ушли с сайта94 репутация сайта0.0
9 VOYDOD.NET
Пришли на сайта213 Ушли с сайта126 репутация сайта0.0
10 Diana Gafarova Rasmi...
Пришли на сайта192 Ушли с сайта157 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz