Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Ayolning ko'nglini olishni biling, erkaklar
17:41
Ayolning ko'nglini olishni biling, erkaklar
Ayol bardoshli bo'lgani bilan uning ko'ngli juda zaif bo'ladi. Erkak uchun arzimagan bir so'z ayol qalbini vayron qilib tashlashi hech gap emas. Albatta ayol indamaydi, chidaydi, sabr qiladi, lekin yillar o'tib ko'zlari muhabbatga to'lib baxtidan quvonib yashayotgan ayol, asta-sekin ko'ngli zarba va alamlarga to'lib ketgan nigohi so'ngan ayolga aylanib borishi yonidagi turmush o'rtog'ini ajablantiradi.
Erkak tushunmaydi, "bolalari sog'-salomat", "oila but", "hamma narsa yetarli", lekin ayoli so'ngan, arzimagan narsaga asabiylashgan, er-xotin orasida sovuqchilik o'sib bormoqda. Erkakni jahli chiqishi tabiiy, axir shuncha yil birga bo'lib, birga farzandlar katta qilib, shuncha to'sqinliklardan o'tishsa-yu, endi rohatini ko'rish vaqti kelganda er-xotin munosabatlari yaxshi emas, ayol esa bu munosabatlarda baxtsizdek tuyuladi. Nega???

Ayolni ko'ngli nozik. Bir marta ayolni qalbini og'ritsa, unga esdan chiqazish qiyin. Hayot davomida esa ayol erining bir qator zarbalariga (xiyonat, qo'pollik, bo'shlik, sovuqqonlik va hokazo) bardosh berib yashab kelayotgan bo'lsa, uning qabi juda zaiflashgan bo'ladi. Alam va aytilmagan so'zlarga to'lib ketgan ko'ngilga ega bo'lgan ayolni baxtli qilish endi juda qiyin bo'ladi, juda kech. 

Erkak butun umri davomida ayolini ko'nglini sindirmasligiga harakat qlishi kerak. Erkak adashib xiyonat qilib qo'yadi, bu yo'ldan oilasiga qaytadi, ayoli kechiradi, lekin ayol ko'ngli shu payt qanchalik og'ir lat yeganini faqat uning o'zi biladi. Yillar o'tib u xiyonat erkakni esida ham bo'lmas, lekin ayol sinib bo'lgan, endi u eriga hech qachon oldingi muhabbatga to'la ko'zlari bilan qaray olmaydi. Harakat qiladi lekin alami juda katta.

Yoki masalan, eri-xotin orasiga qaynona aralashib uyda katta janjallar bo'lgan. Erkak bo'shlik qilib muammoni hal qilishga qodir bo'lmagan. Farzand deb, o'zbekchilik deb oila yarashib yana birga yashaydi, lekin ayol eridan qattiq ranjiydi. Yillar o'tadi, ayol kuladi, lekin ich-ichida yuragini tubida o'sha alam doim yuzaga chiqib turadi.

Bunday misollar juda ko'p. Afsuski, erkaklar bir ojizlik qilib keyin yoshi o'tganda ayolining qo'polligidan, sovuqqonligidan, farzandlarining hurmatsizligidan azoblanadi.

Bo'shlik qilmangiz. Ayol yonida kuchli erkak borligini his qilsin. Qaynona-kelin mojarosida kerak bo'lganda ayolini yonini olish, farzandingiz maktabida muammolar bo'lsa, borib o'qituvchi bilan gaplashib kelish, qo'shni farzandi bilan o'g'lingiz urushgan bo'lsa, uning ota-onasi bilan gaplashish shu kabi masalalarda ba'zida erkakning obro'si va hurmati kerak bo'ladi. Ayol boshi bilan bu masalalarni hal qilishi mumkin, lekin birinchidan, erkakning gapiga boshqacha qaraladi, ikkinchidan, ayol ham o'zini himoyalanganini his etishi darkor. Siz bo'shlik qilasiz, ayol hammasini balki hal qilar, lekin sizdan ranjiydi...shunisi achinarli, ayolni ranjitmang.

Erkaklar, ayol ko'nglini olinglar. Oilada hammasi yaxshi bo'lgan taqidrda ham ayolga shirin so'z va e'tiboringiz juda kerak. Kun davomidagi sog'inchli qo'ng'iroq qilishingiz, ba'zida bo'lsa ham sovg'a olib kelishingiz, faqat tunda emas, balki kun mobaynida ham erkalab turishingiz ayolingiz uchun juda muhimligini unutmang.

Orada xafagarchilik yuz bersa, albatta bu haqda gaplashib kechirim so'rashni biling. Ayol indamayati, demak hammasi o'tib ketdi deb o'ylamang. Ayol tili bilan indamaydi, lekin dili bu haqda baqirayotgan bo'ladi. Sizning kechirim so'rashingiz, kechirishi uchun harakat qilishingiz qalbidagi yaralarni yo'q bo'lishiga yordam beradi.

Axir siz ayolingizga qancha ko'p mehr, shirin so'z, e'tibor bersangiz sizdan kamaymayi. Aksincha, evazida yillar o'tganda yoningizda sizga mehr va minnatdorchilikka to'la kozlari bilan qarab turadigan ayolni ko'rish nasib etadi. 

Erkak uchun eng muhimi - ayol ko'zlarida tushib ketmaslik, o'z hurmatini yo'qotmaslik. Bunga esa faqatgina mehr va e'tiboringiz bilan erisha olasiz. Qo'pollik va qattiq qo'llik bilan emas.


Afsuski, ba'zi erkaklarning fikricha, ayoliga ko'proq e'tibor berish bo'shlik alomatidir. Yo'q, aksincha, faqatgina "kuchli" (ruhan) erkak ayolini erka qila oladi. U ayoli boshiga chiqib olishidan qo'rqmaydi, u kuchli va o'ziga ishongan.

Siz ham shundaymisiz?

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 869 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.HAYOL.UZ
Пришли на сайта275 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
2 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта271 Ушли с сайта107 репутация сайта0.0
3 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта229 Ушли с сайта161 репутация сайта0.0
4 OZBEK SHOU BIZNESI Y...
Пришли на сайта142 Ушли с сайта132 репутация сайта0.0
5 WWW.SAYYOD.NET
Пришли на сайта254 Ушли с сайта94 репутация сайта0.0
6 Shahzoda
Пришли на сайта172 Ушли с сайта45 репутация сайта0.0
7 Oybek va Nigora Rasm...
Пришли на сайта170 Ушли с сайта139 репутация сайта0.0
8 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта158 Ушли с сайта103 репутация сайта0.0
9 WWW.VOY.UZ
Пришли на сайта225 Ушли с сайта97 репутация сайта0.0
10 SAYYOD.COM
Пришли на сайта193 Ушли с сайта254 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz