Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [70]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [78]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [98]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [23]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [11]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [7]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [0]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [4]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [1]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [0]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [1]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [102]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [0]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [159]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [1]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [0]
YANGI KINO FILMLAR










Статистика

ss

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Ноябрь » 24 » Asabni chiniqtirish Oltin qoidalari.
17:00
Asabni chiniqtirish Oltin qoidalari.
Hayot har doim ham bir tekis bo‘lavermaydi. Goh shodon, goho qayg‘uli kunlar umr atalmish yo‘llarimizda bizga yo‘ldosh. Hursand paytlarimizda bir sevinsak, ozginagina ko‘ngilsizlik uchun ming iztirob chekish insonga xos xislat.
Lekin arzimas muammolar va ko‘ngilsizliklarni yurakka juda yaqin olish ham yaxshi emas. Tinimsiz siqilish va asabiylashish organizm uchun ziyonli. Hayotdagi bo‘hronlaridan omon chiqishni istasangiz, o‘zingizni ruhan va jismonan chiniqtirishingizga to‘g‘ri keladi. Asabni chiniqtirishning quyidagi oltin qoidalariga rioya qilsangiz, o‘zingiz uchun ham, yaqinlaringiz uchun ham foydalidir.
To’yib miriqib uxlang.
Uyqusizlik asabni yemirishi bor gap. Buning oldini olish uchun uyqu tartibiga qat'iy amal qiling. Kuniga 7-8 soatlik uyqu me'yor hisoblanadi. Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga odatlaning. To‘g‘ri, tetik bo‘lish uchun kimgadir 6 soat ham kifoya, boshqa birovga esa 9 soat kerak. Bunisi endi organizmning o‘ziga xosligi. Tiniqib uxlash uchun ovqatlangandan yoki xoh aqliy, xoh jismoniy faol mehnatdan ke-yinoq uyquga ketishdan saqlaning.
Shovqindan qoching.
Ko‘pchiligimiz televizorga shunchalik o‘rganib qolganmizki, uning yoniq holati hatto sezilmaydi ham. Vaholanki, ba'zan oynai jahondan uzatiladigan agressiv ma'lumotlar asablarimizga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi. Demak, televizorni faqatgina o‘zingizga ma'qul dasturlarni tomosha qilish uchungina yoqing. Qolgan paytda xonangizdan yoqimli musiqa, eng yaxshisi, mumtoz musiqa yangrab turgani ma'qul.
Ochiq havoda ko’proq bo’ling.
Kayfiyatingiz buzilganda tabiat qo‘ynida 10-15 daqiqa sayr qiling. Toza havodan to‘yib-to‘yib simiring. Qarabsizki, ko‘ngil g‘uboringiz yozilib, ruhingiz tetiklashadi. Ochiq havo, ayniqsa, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilar uchun juda muhim. Miyaning yaxshi ishlashi uchun kerak bo‘lgan kislorodni biz tabiatdan olamiz.
Shifobaxsh giyohlardan foydalaning.
Asablarni mustahkamlash va uyqusizlikni bartaraf etishga tirnoqgul (kalendula) damlamasi yordam beradi. 1 osh qoshiq giyohni 1 stakan qaynagan suvda 1 soat damlab qo‘ying. Suzib, yarim stakanini uxlashga yotishdan oldin ichasiz. Bu borada arslon-quyruq (pusto‘rnik) ham foydali: 15 gramm giyohni 1 stakan qaynoq suvda 20 daqiqa damlang. Suzib, kuniga 3-5 mahal 1 osh qoshiqdan ichasiz. Yoki mana bu retseptdan foydalansangiz ham bo‘ladi. Dorixonada sotiladigan do‘lana (boyaro‘shnik) hamda valeriana tindirmalarini olib, teng miqdorda aralishtiriladi. Yarim stakan suvga 20 tomchisini aralashtirib, uxlashdan oldin ichiladi.
Badantarbiya bilan shug’ullaning.
Har kuni bajariladigan jismoniy mashqlar nafaqat mushaklarni mustahkamlaydi, balki kishiga intizomni o‘rgatadi va xotirjam bo‘lishga ham yordam beradi. Qolaversa, mushaklar ishlayotgan payt organizmda shodlik gormoni - endorfinlar hosil bo‘lishi kuchayadi. Bu gormon stresslarga qarshi tabiiy doridir.
Ovqatlanishga e’tiborli bo’ling.
V guruhidagi vitaminlar asabiylikni yengish va xotirani yaxshilash, diqqat-e'tiborni jamlashga ko‘maklashadi. Dukkakli o‘simliklar, xususan, soya bu vitaminlarning koni hisoblanadi. Kaltsiy yetishmaganda ham odam tajang va bexalovat bo‘lib qoladi. Uni sut-qatiq mahsulotlaridan topasiz.
Hayotga ishonch bilan boqing.
Mulohazakor bo‘lishga harakat qiling, omadsizliklardan ko‘nglingizni cho‘ktirmang, ijobiy fikrlashni o‘rganing. Har qanday holatda ham shukur qilishdan o‘zingizni to‘xtatmang. Negaki, sizdan ham holi yomonlar bor bu dunyoda. "Bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin edi" degan hikmat bejiz aytilmagan. Unutmang, salbiy his-tuyg‘ularlar asablarimizni yemirib, tanamizni dardga duchor qiladi.
Asabni chiniqtirish qoidalari juda-juda oddiy. Faqat sal e'tiborliroq va hafsalali bo‘lsangiz kifoya. Qolgani o‘z-o‘zidan izga tushib ketishi shubhasiz.

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.



Нравится





REKLAMA QO'YILADI
Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Просмотров: 1118 | Добавил: Bepul_net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, tekin maslahat, маслахат, foydali, текин маслахат, маслахат беринг, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск

-------
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA
1 WWW.SAYYOD.UZ
Пришли на сайта232 Ушли с сайта163 репутация сайта0.0
2 Авто - купля/продажа
Пришли на сайта161 Ушли с сайта105 репутация сайта0.0
3 WWW.VOYDOD.UZ
Пришли на сайта274 Ушли с сайта113 репутация сайта0.0
4 Автомобилестроение
Пришли на сайта175 Ушли с сайта81 репутация сайта0.0
5 WWW.BESTMUSIC.UZ
Пришли на сайта196 Ушли с сайта75 репутация сайта0.0
6 Diana Gafarova Rasmi...
Пришли на сайта194 Ушли с сайта157 репутация сайта0.0
7 WWW.VOY.UZ
Пришли на сайта228 Ушли с сайта99 репутация сайта0.0
8 Shahzoda
Пришли на сайта175 Ушли с сайта47 репутация сайта0.0
9 Shahzoda.UZ
Пришли на сайта168 Ушли с сайта109 репутация сайта0.0
10 WWW.VOYDOD.NET
Пришли на сайта192 Ушли с сайта111 репутация сайта0.0

>>> REKLAMA QO'SHISH
Календарь
«  Ноябрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
y
Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2024 - 2013

Конструктор сайтов - uCoz